Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

O‘zbekiston bioxilma – xilligi, uni saqlashda o‘simlik va hayvonot dunyosining roli mavzusida ilmiy amaliy konferensiya tashkil etildi.

Biologiya o‘qitish metodikasi kafedrasi professori Umarqul Raxmonqulov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy amaliy konferensiya tashkil etildi deb xabar qiladi JDPI matbuot kotibi.      Ilmiy – amaliy konferensiyani institut rektori A. Xolbekov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, avvalo professor U. Raxmonqulovning bosib o‘tgan hayot yo‘li haqida qisqacha to‘xtalib o‘tib, Umarqul Raxmonqulovning serqirra mehnat faoliyati va u kishi rahbarligida himoya qilingan ilmiy tadqiqotlar, monografiya va uslubiy qo‘llanmalar to‘g‘risida ta’kidlab, professor U. Raxmonqulovga samimiy tilaklarini izhor etib, konferensiya ishiga omad tiladi. Shundang so‘ng institutning biologiya fanlari doktori professor X. Mavlonov, biologiya fanlari doktori professor X. Qarshiboev, prfessor X. Xaydarov, birinchi bosqich magistrati O. Toshpo‘latovlar ilmiy – amaliy anjuman yuzasidan ma’ruza qilib, bugungi kunda biologik xilma xillikni saqlash bo‘yicha respublika darajasida amalga oshirilayotgan ishlar, halqaro miqyosda biologik xilma- xillikni ta’minlashda O‘zbekiston ishtiroki, halqaro konvensiyalar va yangi innovatsion texnologiyalar, xususan, biologik xilma – xillikni saqlashda smola (elim) beruvchi kavraklarni eksport qilishga doir o‘z taklif va mulohazalarini bildirib o‘tishdi. Ilmiy amaliy anjuman o‘z ishini 4 ta seksiyaga bo‘lingan holda davom ettirdi.

Seksiya ishida O‘zbekiston florasi endemlarining zamonaviy konspektini tuzish, Zomin milliy tabiat bog‘i yuksak suv va suv bo‘yi o‘simliklari, Zomin va Nurota qo‘riqxonalarida Dracocephalum L turkumlarining bioekologiyasi, Oblasti ontogeneticheskaya struktura senopopulyatsii Cousinia dshisaktnsis kult Navoiyskoy, Biologik xilma – xillikni saqlashni o‘qitishda innovatsion texnologiyalarning roli yo‘nalishlarida ma’ruzalar tinglandi.  Bugungi kunda ustoz murabbiy U. Raxmonqulovning bevosita maslahati asosida Qashqadaryo viloyatida 3 ming gektar, Jizzax viloyatida 150 gektar maydonga smola beruvchi kovraklar ekish jarayonlari davom etmoqda.

Jizzax Davlat pedagogika instituti jamoasi zabardast olim U. Raxmonqulovni muborak 80 yoshni qarshilagani bilan samimiy muborakbod etib, ustoz murabbiyga mustahkam sog‘lik va kelgusidagi ishlariga omad va yutuqlar tilab qoladi.