|
F.Axmedov. JizDPU, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi professori.
|
|
A.Quvondiqov. JizDPU, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi o’qituvchisi. |
Annotatsiya
Ushbu maqolada ma’naviy tarbiya tushunchasi ilmiy tahlil etilgan. O‘qvchilar ma’naviy tarbiyasida jismoniy madaniyat va sport tadbirlaridan foydalanishning afzalliklari to‘laqonli yoritilgan
.
Kalit so‘zlar: ma’naviyat, tarbiya, jismoniy madaniyat, milliy g‘urur, or-nomus, ma’naviy-ruhiy holatlar, inson, davlat, jismoniy imkoniyat, mezon, inson omili.
Preimuщestva effektivnogo ispolzovaniya fizkulturno-sportivnoy deyatelnosti v duxovnom vospitanii uchashixsya.
Annotatsiya V dannoy state provoditsya nauchnыy analiz konsepsii duxovnogo obrazovaniya. Polnostyu osveщenы preimuщestva ispolzovaniya fizkulturno-sportivnoy deyatelnosti v duxovnom vospitanii uchashixsya.
Klyuchevыe slova: duxovnost, vospitanie, fizicheskaya kultura, natsionalnaya gordost, chest, duxovno-psixicheskoe sostoyanie, chelovek, sostoyanie, fizicheskie vozmojnosti, kriteriy, chelovecheskiy faktor.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev “Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”
[1] deb ta’kidlaganlar. Har qanday millatning taraqqiyoti jamiyatimizdagi yoshlarning amaliy faoliyatida ifoda etiladi. Yoshlar respublikamiz aholisining yarmidan ko‘pini tashkil etadi. Bugungi yoshlarimiz g‘oyaviy jihatdan chiniqqan vatanparvar, zamonaviy bilimlarni egallagan va har qanday yo‘nalishda o‘z munosabatini bildira oladilar. Ular jamiyatning shunday ijtimoiy guruhiga mansub-ki, xuddi shu yoshlar kuchli hissiy bilish qobiliyatiga egadir. Bugungi kunda yoshlar orasida milliy g‘urur, or-nomus va ma’naviy-ruhiy holatlar ustunligida haqiqatni aytishdan cho‘chimaslik, mavjud qiyinchilik va muammolarni ochiq oydin bayon etish imkoniyati mavjud.
Abu Nasr Forobiy siyosiy qarashlari negizini “inson-davlat-ma’naviyat” uyg‘un uchligi tashkil etadi, uning izlanishlari siyosiy voqelikda ma’naviyatning rolini izohlashga bag‘ishlanadi. Ma’lumki, Abu Nasr Forobiyning “shaharlar tasnifi” ta’limotida ma’naviyatning tadrijiyati tasviri berilgan hamda ma’naviyat muayyan hayot tarzini shakllantirishi haqida xulosa chiqarilgan. Alloma turli ma’naviyatlarning qaror topishini turli “shahar” aholisi turmushi sifatida tasvirlash usulini qo‘llagan. Ammo Forobiy bir qarashda ideal sanalmish “fozil shahar”, ya’ni yetuk ma’naviyatning yemirilishi yoki tanazzuli tadrijiyati ham yuzaga kelishi mumkinligi haqida xulosa chiqaradi. Ayni shu jihatdan Farobiyning ilmiy merosi biz uchun muhim. Ma’naviyatning ikki asosiy sifati bor yo o‘zingniki bo‘ladi, yo birovniki. Birovning o‘z ma’naviyatini tiqishtirib, sening ma’naviyatingga tahdid solishi faqat bitta maqsadni – sening ma’naviyatingni yo‘qqa chiqarishni ko‘zlaydi. Mutafakkir har qanday jamiyat uchun ma’naviyat borasida ikkita vazifa ustuvor bo‘lishini: birinchidan, o‘z ma’naviyatini mudom takomillashtirish, ikkinchidan, uni o‘zga ma’naviyat tajovuzidan asray bilishni ta’kidlaydi. Alloma komil insonning fazilatli ishlari ilmga asoslanadi, deydi. Ammo inson o‘z ilmini amaliy jihatdan tadbiq etish vositalariga ega bo‘la olmasa, unda bu hol komillik hisoblanmaydi. “Insonning komilligi uning bajargan amaliy ishlarida ifodalanadi. Masalan, kotibning kamoloti yozish san’atini o‘zlashtirganligidagina emas, balki o‘z kasbiga doir vazifalarni mohirona bajarishidadir. Xuddi shuningdek, shifokorning kamoloti ham uning tibbiyot san’atiga doir bilimga ega bo‘lishida emas, balki xastalikni davolashning amaliy vositalarini mukammal bilishidan iboratdir. Bu hol har qanday boshqa san’at sohiblariga ham taalluqlidir”
[2] .
Turli mutaxassislar va olimlar yoshlar tarbiyasida, xususan, ularga ma’naviy tarbiyani singdirishda turlicha yondashuvlar va fikrlarni ilgari surishadi. Mutaxassislarning fikricha, yoshlar ongida ma’naviy tarbiya shakllantirish yoshlik va o‘smirlik davrida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni shu davrda o‘quvchi-yoshlar turli ta’sirlarga beriluvchan bo‘lishlari kuzatilgan. Shu sababdan ushbu davrda ularning har tomonlama tarbiyalanishi va yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishlarini oldini olish zurur.
Jismoniy madaniyat va sport tadbirlarida ma’naviy tarbiyani o‘rganish uchun avvalo jismoniy madaniyat va sport tadbirlarining vazifalarini sanab o‘tish lozim. Sport nazariyasidan ma’lum bo‘lishicha jismoniy madaniyat va sportning musobaqa vazifasi, sog‘lomlashtirish vazifasi, g‘oyaviylik vazifasi, estetik vazifasi, axloqiy-tarbiyaviy vazifasi, ijtimoiy-siyosiy vazifasi, baynalminalchilik vazifalari mavjud. Shuningndek, ayrim manbaalarda ko‘rsatilishicha, jismoniy madaniyat va sport tadbirlari vositasida vatanparvarlik, insonparvarlik tarbiyasini yosh avlodga singdirish masalalari bayon qilingan. Bu o‘rinda mutaxassislar sport musobaqalari va tadbirlari jarayonida yoshlarni vatanparvarlik g‘oyalari ruhida tarbiyalashning imkoniyatlari yuqori darajada ekanligini e’tirof etishadi. Jismoniy madaniyat va sport tadbirlarida faqatgina natijalarni aniqlash, jismoniy imkoniyatlarni namoyish qilish mezoni bo‘libgina qolmay inson omili, uning har tomonlama tarbiyalanishi masalasiga ham aloqadorligi mazkur mavzu doirasida o‘tkazilayotgan tadqiqotlarda o‘z aksini topmoqda.
Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari jismoniy madaniyat va sport tadbirlari qo‘yidagi shakillar asosida amalga oshirilib boriladi:
- Jismoniy madaniyat darslari
- Katta tanaffuslardagi uyushtirilgan o‘yinlar
- Sport ko‘ngil ochishlari
- Sport to‘garaklari
- Bayramlar
- Musobaqalar
- Quvnoq startlar
- BO‘SM lardagi turli sport tadbirlari asosida amalga oshirilib boriladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan jismoniy madaniyat va sport tadbirlari asosda o‘quvchilarni ma’naviy tarbiyalash dolzarb masallardan biri xisoblanadi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviy qiyofasi takomillashuvining ijtimoiy-ma’naviy masalalari shu darajada dolzarbki, bugungi kunda yoshlar bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar nafaqat maktab, litsey, oliy o‘quv yurtlari, balki oila, mahalla, yoshlar bilan ishlaydigan jamoat tashkilotlari o‘rtasida o‘rnatilgan mustahkam aloqalar asosida izchillik bilan amalga oshirilib, ularning dunyoqarashlarida vatanparvarlik tuyg‘usini to‘liq shakllantirganimizdagina biz ko‘zlangan maqsadimizga erishamiz hamda yoshlarimizni o‘zbek xalqining milliyligi, nurli istiqboli va porloq kelajagiga chin ma’noda egalik qilish huquqiga ega bo‘lgan buyuk xalqimizning munosib farzandlari bo‘lib kamol topishiga zamin yaratilgan bo‘ladi.
Adabiyotlar
- Axmedov F.Q., Atamurodov Sh.O‘ va boshqalar., Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya. Uslubiy qo‘llanma. “Istiqlol nashriyoti” Toshkent -2013 yil. 111 b.
- Axmedov F.Q., Atamurodov Sh.O‘. Boshlang‘ich sinflarda jismoniy madaniyat darslari. Uslubiy qo‘llanma. “Turon zamin ziyo” nashryoti Toshkent -2017 yil. 139 b.
- Axmedov F.Q., Atamurodov Sh.O‘. Boshlang‘ich sinflarda jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. O‘quv qo‘llanma. “VNESHINVESTRPROM” nashryoti Toshkent -2019 yil. 180 b.
- Axmedov F.Q., Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi “Ruhsora servis” nashriyoti Toshkent 2021
[1] Мирзиёев Ш.М.Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз.- Т.,Ўзбекистон:НМИУ, 2016. 14-бет.
[2] Абу Наср Фараби. Социально-этические трактаты. – Алма-Ата:Наука, 1975. – Б. 166.