O’QUVCHILARDA EKOLOGIK MADANIYATINI SHAKILLANTIRISH
Hozirgi vaqtda maktab o‘quvchilarini ekologik tarbiyalash pedagogik nazariya va amaliyotda ustuvor yo‘nalishga aylanib bormoqda. Bu bizning sayyoramizdagi murakkab vaziyat bilan bog’liq: aholining tez o’sishi, uni oziq-ovqat bilan ta’minlash muammosi, sanoatni mineral xom-ashyo bilan ta’minlash, energiya muammosi va albatta, atrof-muhitning ifloslanishi, tabiiy muhit – bularning barchasi yerdagi hayotning mavjudligiga tahdid soladi. Bunday holatning eng yorqin sabablaridan biri aholining ekologik savodsizligi, ularning tabiatga aralashuvi oqibatlarini oldindan ko’ra olmaslikdir. Shu sababli, YUNESKO va YUNEP xalqaro tashkilotlari Yer aholisining ekologik ta’lim mazmuni va muddatlarini qayta ko’rib chiqish zarurligi masalasini ko’tarmoqda. Aholining ekologik madaniyatining shakllanishi bola hayotining birinchi 7-8 yiliga to’g’ri keladi. Boshlang’ich maktab yoshi – bu inson hayotining hal qiluvchi davri, chunki bu yerda atrofdagi dunyoga to’g’ri munosabatda bo’lish asoslari qo’yiladi. Muayyan ekologik g’oyalarni olgan o’quvchilar tabiatga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishadi. Kelajakda bu ma’lum bir mintaqada ham, butun mamlakatda ham ekologik vaziyatning yaxshilanishiga ta’sir qilishi mumkin.
Hozirgi kunda atrof-muhitni asrash butun insoniyatning muammolaridan biridir. Atrof-muhitdagi global muammolar butun insoniyatning taqdiriga ta’sir qiladi. Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida atrof-muhit sohasidagi ta’lim masalasi alohida ahamiyatga va dolzarblikga ega. Buning asosiy sababi umumiy atrof-muhitning umumiy ma’nosi haqida farzandlarimizda tushuncha xosil qilmasdan turib kelgusida ushbu muammolarni tugatishning oldini olib bo‘lmasligidadir. Shu munosabat bilan bolalarda ta’limning dastlabki yillaridan boshlab zamonaviy maktabda atrof-muhit va tabiat sohasidagi ta’limga va bilimlarga e’tibor berish zarurdir.
Nega endi ekologik bilimlar erta yoshdan boshlab bunchalik zarur va buning sababi nima edi? Bunga sababi bolalar atrof –muhitda ekologiyani asrash unga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. Ekologik ta’lim zamonaviy ta’limning o’zagiga aylanib bormoqda va uning zamonaviy tizimlarini va butun jamiyatni qayta qurishning kalitidir. Shunday qilib, ekologik ta’limning yangi axloqning asosi va odamlarning amaliy hayotining ko’plab masalalarini hal qilishda yordam berish roli bugungi kunda ayniqsa dolzarbdir. Hozirgi kunda bu sohadagi e’tiborni qonunchilikdagi o‘zgarishlardan ham anglash mumkin. 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni so‘zsiz amalga oshirish, respublika hududlaridagi ekologik muammolar yechimiga ta’lim tizimini joriy qilish bilan hissa qo‘shish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ekologik savodxonligini oshirish, ekologik ongi va ekologik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish, ekologik ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qilinadi. Ushbu qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida ekologik ta’limni rivojlantirish va bu sohadagi islohotlarni yanada kengaytirish borasida bir necha islohotlar kiritilgan.
Avvalombor, ekologik kompetensiya bu nima? Ushbu so‘z qandaya ma’noni bildiradi. Ekologik kompetensiya- tirik organizmlarning inson hayotidagi ahamiyatini anglab yetish, ularni muhofaza qilish bo‘yicha ko‘nikmalarni egallashidir. Ekologik kompetensiyalar tizimining asosiy qismlaridan biri ekologik shaxsiyatdir. Aynan insondagi ekologik shaxsiyatlarning to‘g‘ri shakllanishi bolalikdanoq to‘g‘ri shakllantirilishi orqali ekologik kompetensiyalar shakllantiriladi.