OLIYGOHIMIZDA “FAСTBOOK” KITOBI TAQDIMOTI OʻTKAZILDI
Soʻnggi besh yilda mamlakatimizda qanday oʻzgarishlar kuzatildi? Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va maʼnaviy sohalardagi yangilanishlar haqida nimalarni bilasiz? Taʼlim tizimida-chi? Oliy taʼlimni modernizatsiya qilish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish boʻyicha qanday natijalarga erishildi?
Oʻzbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi natijalari yuzasidan nashr etilgan “Factbook” byulleteni ushbu savollarga javob beradi.
Bugun “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan tayyorlangan mazkur kitob haqida Harakatning hududiy boʻlinmasi xodimlari tomonidan talabalarga atroflicha maʼlumotlar berildi.
Aytish joiz, kitobda xalqimizning qisqa davr mobaynida bosib oʻtgan yoʻli, ulkan islohotlarning natijalari raqamlarda taqdim etilgan. Ushbu raqamlar orqali mamlakatimizda kuzatilayotgan yangilanishlar, transformasion jarayonlarning mazmuni va mohiyati bilan tanishish mumkin.
Uchrashuvlar davomida Harakatning mutaxassislari talabalarga davlat va jamiyat qurilishi, ijtimoiy soha, millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik, ayniqsa, oliy taʼlim sohasidagi islohotlar haqida aniq misollar orqali ma’lumotlar berildi.
Shahzoda JALOLIDDINOVA,
“Ziyo chashmasi” muxbiri.