“OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA JISMONIY TARBIYa VA SPORTNING DOLZARB MUAMMOLARI”
A. Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti tomonidan tashkillashtirilgan respubilka ilmiy-amaliy anjuman ana shunday nomlandi.
Ushb anjumanda yurtmizdagi bir necha OTM professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodim va mustaqil izlanuvchilari, magistrantlar, talabalar hamda soha mutaxassislari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Ilmiy-amaliy anjumanni institut rektori Sh.Sharipov ochib berdi.
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslari va sport tadbirlari orqali talabalarni sog‘lom turmush tarzlariga amal qilishlari shuningdek oliy ta’lim muassasalaridagi jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi tajribalar va ularning natijalari bo‘yicha ilmiy asoslangan fikrlar muhokamasiga bag‘ishlangan anjumanda bir necha yo‘nalishlarda sho‘balar ham tashkil qilindi.
Ta’kidlash joiz ushbu Anjumanda ma’ruza qilingan mavzularning matni ilmiy to‘plamda maqola shaklida chop etiladi
Anjuman so‘ngida faol Ishtirokchilar “Eng yaxshi maqola” , “Eng yaxshi ma’ruza” va bir qancha shu kabi nominatsiyalar sertifikat bilan taqdirlandlar.