O‘ktamova Nigina Jasur qizi Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti bitiruvchisi.
2003 yil 14 iyun Samarqand viloyati Ishtixon tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek. 2021-yilning aprelida Polshada o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 54 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritadi va bu orqali oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik birinchi ayol bokschi bo‘ldi.
Sportning boks turi bilan bolaligidan muntazam shug‘ullanib keladi. Mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlardan foydalanib, Respublika, Osiyo, Jahon va Xalqaro musobaqalarda Respublikamiz sha’nini munosib himoya qilib ko‘plab yutuqlarga erishib kelmoqda.
2018 yil Jizzax viloyatida kubogida ayollar va qizlar o‘rtasida 50 kg vaznda sportning boks turi bo‘yicha I-o‘rinni egallab, diplom va medal bilan taqdirlangan.
2018 yil Qozog‘iston Respublikasida Zanbek Qulniyozov sovrini musobaqasida boks bo‘yicha 50 kg vazndagi qizlar o‘rtasida I-o‘rinni egallab, sertifikat va medal bilan taqdirlangan.
2019 yil O‘zbekiston boks Federatsiyasining Jizzax shahrida o‘tkazilgan sportning boks turi bo‘yicha 2003-2004 yillarda tug‘ilgan o‘smir qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasida 50 kg vaznda sportning boks turi bo‘yicha I-o‘rinni egallab, I-darajali diplom va medal bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan taqdirlangan.
2019 yil Birlashgan Arab Amirligini Hujayra shahrida bo‘lib o‘tgan «Osiyo chempionati»da 52 kg vaznda sportning boks turi bo‘yicha I-o‘rinni egallab, oltin medal va o‘qishga yo‘llanma bilan taqdirlangan.
2019 yil O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Namangan shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogida ayollar va qizlar o‘rtasida 54 kg vaznda sportning boks turi bo‘yicha I-o‘rinni egallab, I-darajali diplom va medal bilan taqdirlangan.
2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 5.12.2019 yildagi №2132-sonli buyrug‘i bilan boks bo‘yicha «O‘zbekiston sport ustasi» unvoni berildi.
2020 yil Toshkent shahrida qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan boks bo‘yicha 54 kg vaznda I-o‘rinni egallab, I-darajali medal taqdirlangan.
2020 yil Xalqaro musobaqalar g‘olibosi bo‘lgan.
2021 yilda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Toshkent shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida qizlar va o‘smir qizlar o‘rtasida 57 kg vaznda sportning boks turi bo‘yicha I-o‘rinni egallab, I-darajali diplom va medal bilan taqdirlangan.
2021 yil 13-23 aprel kunlari Polshaning Kelsi shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida ayollar boksi tarixida ilk marotaba oltin medalga sazovor bo‘lgan.
2021 yil 27 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tahsin 2021» mukofotini oldi.
2021 yil 29 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan «Shuhrat» medali bilan mukofotlandi.
2021 yil 17-31 avgust kunlari BAA Dubay shahrida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida boks bo‘yicha Osiyo chempionatida I -o‘rinni egalladi.
2021 yil BAA Abu Dabi shahrida bo‘lib «Osiyo chempionati»da 57 kg vaznda sportning boks turi bo‘yicha I-o‘rinni egallab, «Osiyoda eng yaxshi bokschi»unvonini olib oltin medal bilan taqdirlangan.
2022 yil O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahrida 20-30 yanvar kunlari o‘tkazilgan Osiyo chempionatida II-o‘rinni qulga kiritgan.
2022 yil Qirg‘izistonning Beshlik shahrida Xalqaro musobaqada I-o‘rinni qulga kiritgan.
2022 yil Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan «Elorda kubigi» Xalqaro musobaqada I-o‘rinni qulga kiritgan.
2022 yilda O‘zbekiston Respublikasining boks bo‘yicha «Xalqaro sport ustasi» unvoni berildi.
2022 yil Bolgariya shahrida Balkan xalqaro musobaqasida II-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Jamoat ishlarida faolligi, tashabbuskorligi va tashkilotchiligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lmoqda. Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan musobaqalarda faol qatnashib kelmoqda.
Tashabbuskor, sportchi va faol o‘quvchi sifatida tengdoshlari o‘rtasida hurmat qozongan.