Nurli kelajakka yangicha dunyoqarash bilan mas’ulmiz!
A. Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti “falsafa, tarbiya va huquq ta’limi kafedrasi qoshidagi huquqshunos to‘garagi bilan viloyat yoshlar ittifoqi, Jizzax harbiy garnizoni, viloyat yozuvchilar uyushmasi, viloyat adliya boshqarmasi, O‘zLiDep Jizzax viloyat Kengashi, Yuksalish umummilliy harakati Jizzax viloyat hududiy bo‘linmasi, Jizzax shahar madaniyat bo‘limi hamkorlikda tashkil etilgan tadbir ana shunday deb nomlandi.
Tadbir ishtirokchilari dastlab ko‘tarini ruh va kayfiyat ostida O‘zLiDeP shior va chakiriqlari, logotip va bayroqlari bilan jihozlangan maxsus avtobuslarda Jizzax harbiy garnizoniga yo‘l olishdi. Xabaringiz bor Jizzax joriy yilning 11 yanvar kuni Qurolli kuchlar oliy bosh qo‘mondoni davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoev Markaziy harbiy okrugiga qarashli Jizzax harbiy garnizonimizga tashrif burib, «Asosiy maqsadimiz — xalq bilan armiya birdamligi. Harbiy qismlar eshiklari el uchun ochiq bo‘lishi kerak. Milliy armiyamizning nuri, ma’naviyati hammaga yetib borishi zarur. Yoshlarni bu yerga olib kelib ko‘rsatish, o‘rgatish kerak. Bu ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatimiz tarixi va qudrati haqida bilimlarini boyitishga xizmat qilishi” lozimligi to‘g‘risida zarur topshiriq va ko‘rsatmalarni berib o‘tdilar deydi tadbir kirish qismini ochib bergan Jizzax harbiy garnizoni boshlig‘i podpolkovnik Jamshid Asqarovich Rasulov. To‘garak a’zolari harbiy garnizonda amalga oshirilayotganishlar, xususan harbiy xizmatchilarga yaratilayotgan sharoit va imtiyozlar, harbiy askarlarning taktik va o‘quv jangovar mashg‘ulotlari bilan yaqindan tanishib, harbiy xizmatchilar bilan muloqotda b
o‘lishdi.
Ma’lumki, Mamlakatimizda 2021 yil “Yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilinishi hamda yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili davlat dasturi, shuningdek Prezident va hukumat qarorlarining mazmun mohiyatini joylarda aholiga yetkazish va huquqiy targ‘ibot orqali aholining huquqiy savodligini oshirishda adliya organlariga alohida mas’uliyat va javobgarlik yuklaydi deydi viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Shokir Xudayberdiev. Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda tegishli idora va tashkilotlar o‘rtasida tashkil etilgan mazkur tadbirda to‘garak a’zolariga davlat dasturida yoshlarga yaratilayotgan imtiyoz va sharoitlar, yoshlarning talab va takliflaridan kelib chiqib yaratilayotgan loyihalar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.
O‘zLiDeP va bugungi zamonaviy yoshlar mazusida chiqish qilgan Halq depututlari Jizzax shahar Kengashi deputati Abdulaziz Yuldashevich Abdulhaqov yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda pratiyalarning roliga alohida to‘xtalib, Jizzax viloyati misolida O‘zLiDeP deputatlari tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati, qabul qilingan qonunlar yuzasidan deputatlik so‘rovi va deputatlik nazorati borasida axborotlar berib o‘tdi. Shunigdek, 2020 yil 29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatlariga yo‘llagan Murojaatnomasi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlarga ilm fan, innovatsion texnologiyalarni egallashda qo‘yilayotgan talablar, yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etadigan o‘z taklif fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi.
O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, mard o‘g‘lon ko‘krak nishon sohibi Sayfiddin Okanov tomonidan to‘garak a’zolarini vatanparvarlik, mardlik va jasorat va shijoatlikka undaydigan she’riy misralari bilan bahramand qildi.
Tadbirning yakuniy qismida tarix fakulteti milliy g‘oya va huquq yo‘nalishi talabalariga O‘zLiDeP tomonidan pratiyaga a’zolik guvohnomalari va esdalik sovg‘alari topshirilib, Jizzax harbiy garnizoni harbiy orkesrt jamoasining baddiy chiqishlari va ohangrabo musiqa va sadolari bilan yakunlandi.