Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/09/2022
Chop etish
Mustaqillik darslari davom etmoqda…

Jizzax davlat pedagogika universiteti Magistratura bo‘limi bu yil 12 mutaxassislik bo‘yicha 48 nafar talabgorni qabul qildi. Hozirgi kunda universitetimizda 2 kursda taxsil olayotgan magistralar soni 920 nafarni tashkil etadi. Universitetning madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan mustaqillik darsida bo‘lim boshlig‘i R. Yarmatov barcha magistrantlarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi. Ochiq muloqot, samimiy suhbat, qolaversa yaqindan tanishuv asosida tashkil etilgan mustaqillik darslarida birinchi kursga qabul qilingan magistrantlarga universitet tarixi, professor-o‘qituvchilar faoliyati, odob-axloq normalari haqida tushunchalar berib o‘tildi. Asosan birinchi kurs magistrantlari tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berildi.

 


Ulashish:
589
Boshqa rubrikalarda mashhur

Ogohlik va mas’uliyat – barqarorlik garovi: JDPUda profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Ogohlik va mas’uliyat – barqarorlik asosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy hamda profilaktik tadbir tashkil etildi.
“Muvaffaqiyat siri”: Zulfiya mukofoti sovrindorlari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur tadbir universitet rektori Maksudjan Yuldashev tashabbusi bilan tashkil etildi.
“Yashil kelajak sari” – ilmiy anjuman boshlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Yashil kelajak sari: bioxilma-xillikni saqlashning innovatsion strategiyalari va fan, ta’lim, ishlab chiqarishning zamonaviy paradigmalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi.