Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/04/2021
Chop etish
 #Muhim_sanalar_ Bugun Muhammad Yusuf tug‘ilgan kun. Hayot bo‘lganida 67 yoshga to‘lgan bo‘lardi

Muhammad Yusuf, O‘zbekiston xalq shoiri

Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyati Marhamat tumanining Qovunchi qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga keldi. O‘rta maktabdan so‘ng Rus tili va adabiyoti institutiga kirib, uni 1978 yili tamomladi. 1978-1980 yillarda respublika Kitobsevarlar jamiyatida, 1980-1986 yillarda «Toshkent oqshomi» gazetasida, 1986-1992 yillarda G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, «O‘zbekiston ovozi» gazetasida ishladi. Umrining so‘nggi yillarida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi vazifasini bajardi.

U o‘nga yaqin she’riy to‘plam, ko‘plab qo‘shiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalbiga kirib ulgurdi. Shoirning dastlabki she’rlari «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasida 1976 yili e’lon qilindi. So‘ngra «Tanish teraklar» (1985), «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz» (1989), «Halima enam allalari» (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor» (1991), «Bevafo ko‘p ekan» (1991), «Erka kiyik» (1992), «Yolg‘onchi yor» (1994) kabi she’riy to‘plamlari, saylanmalari nashr etildi.1989 yilda esa «Uyqudagi qiz» nomli she’riy to‘plami uchun unga respublika Yoshlar tashkilotining mukofoti berildi. 1998 yili Muhammad Yusufga «O‘zbekiston xalq shoiri» degan yuksak unvon berildi.

Shoir 2001 yilning 1 avgust kuni 47 yoshida olamdan o‘tdi. Agar u hayot bo‘lganida bugun 67 yoshni qarshi olardi.


Ulashish:
960
Boshqa rubrikalarda mashhur

Xalqaro hamkorlik.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Jabborova Anora xorijiy stajirovka doirasida Ispaniyaning mashhur shaharlaridan biri bo‘lgan Barselonaga tashrif buyurdi.
JDPU da korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etgan pedagog xodimlar haqida ma’lumotnoma.
korrupsion_holat_sodir_etgan_xodimlar_bo’yicha_ma’lumotnoma
Dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 30-iyun kuni soat 14:00 da Jizzax davlat pedagogika universiteti Axborot-resurs markazining majlislar zalida 3-bosqich doktorant Qalandarova Safiya Tohirovnaning dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.