Tangirova D. JDPU katta o‘qituvchi
Annotatsiya
XX asr insoniyat boshiga turli tuman ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar, qarashlar hamda ko‘plab quvonchli va o‘z o‘rnida tashvishli voqea-hodisalarni paydo qildi. Ana shu voqealarni hamda hodisalarni aks ettirishda ijodkorlar har tomonlama erkin ijod yo‘lini, ya’ni modernizm yo‘lini tanladilar. Ishda qator g‘oya va qarashlarning mazkur metod orqali jahon hamda o‘zbek adabiyotida qay tarzda ifodalanganligi haqida fikrlar o‘rtaga tashlanadi.
Kalit so‘zlar: Modernizm, postmodernizm, Ong oqimi, realizm, sotsialistik realizm, janrlar, shakllar.
Annotatsiya
XX vek prines chelovechestvu razlichnыe obщestvenno-politicheskie idei, vzglyadы i mnojestvo radostnыx, a poroy i trevojnыx sobыtiy. Eti sobыtiya i vse sobыtiya, inache govorya, vыxodsы vыbrali lyuboy svobodnыy vыxod, to yest puti modernizma. V otnoshenii skazannogo v rabote o tom, kak s pomoщyu etogo metoda vыrajaetsya ryad idey i vzglyadov v uzbekskoy literature.
Klyuchevыe slova: Modernizm, postmodernizm, potok soznaniya, realizm, sosrealizm, janr, formы.
Annotatsiya
he 20 th century brought to humanity various socio-political ideas, views and many joyful, and sometimes disturbing events. These events and all events, in other words, the immigrants chose any free way out, that is, the path of modernism. In relation to what has been said in the work about how, using this method, a number of ideas and views are expressed in Uzbek literature.
Key words: Modernism, postmodernism, stream of consciousness, realism, socialist realism, genre, forms.
Ma’lumki, modernizm tushunchasi va uning adabiyoti
yer yuzida insoniyatning o‘z boshidan kechirayotgan turli tuman voqealari, ko‘rguliklari , o‘y qarashlari yig‘indisi asosida yangicha qarashlar hamda badiiy shakllar asosida yuzaga keldi. Modernistlar badiiy ijodda insoniyat o‘z boshidan kechirayotgan voqealar ular tomonidan yaratilayotgan asarlarning nafaqat shaklida, balki ular yaratayotgan asarlarning mazmunida ham ko‘rina boshladi. Modernizmning yuzaga kelishida yer yuzida insoniyatning globalashuv jarayoni hamda uning ta’sirada yuzaga kelgan qator muammolari asosiy sabab bo‘la boshladi. Bu haqda to‘xtalib, professor Xolbekov M. shunday degan edi : “… o‘tgan yuz yillik (XX asr –D.T) odamzod boshiga ko‘p tashvish, azob-uqubat va g‘am anduh keltirgan asr bo‘ldi. … asr boshidagi jahon bolsheviklar inqilobi va fuqoralar urushi, o‘ttizinchi yillardagi ocharchilik va qatog‘onlar, Ikkinchi jahon urushi, Osvensim va GULAG lagerlaridagi insoniyatga qarshi dahshatli jinoyatlar, Xirosima va Chernobil fojealari kabi ofatlar million-million begunoh odamlar qurbon bo‘ldi, mayib-majruhga aylandi…. bolshevizm, fashizm, terrorizm, giyohvandlik, SPID singari ajal balolari aynan shu yuz yillikda paydo bo‘lib, insoniyat hamda u yaratgan tamaddunining kushandasiga aylandi. Bu kabi talofatu salbiy oqibatlar insoniyatning global muammolariga aylandi. Muammolarning bu kabi serqirraligi, keltirgan oqibatlarining ayanchliligi bois adabiyot va san’atda yangicha yondoshuvni, yani o‘tkir qolipga asoslangan realizm hamda sotsialistik realizm shakllaridan yorib chiqishga, kerak bo‘lsa voz kechishga hamda nafaqat shaklda, qolaversa mazmunda ham asosan yangicha bo‘lgan modernistik adabiyotning yuzaga kelishiga olib keldi. Natijada o‘tgan asrda Yevropa modernistik adabiyoti, Lotin Amerikasi, Avstraliya, Afrika xalqlari modernistik adabiyot vakillari hamda adabiyotlarini yuzaga keltirdi. Ular orasida o‘zbek modernistik adabiyotining ham mavjudligi kishi e’tiborini o‘ziga tortadi.
Lekin shu o‘rinda o‘zbek modern adabiyoti Yevropa va umumjahon modern adabiyotidan asosan ko‘tarilgan g‘oyalar hamda uning asosida keladigan mazmun jihatidan bir muncha farq qiladi. Bu haqda to‘xtalib Ulug‘bek Hamdam shunday degan edi: “ O‘zbek adbiyotidagi yangi (modernnoma) adabiyot kayfiyatiga Yevropa modern adabiyotining oz-moz ijodiy ta’siri (ko‘proq shakliy ma’noda) bor, albatta, lekin mohiyat –e’tibori bilan Sharq, xususan, o‘zbek insoni dunyoqarashidagi ijtimoiy-psixologik o‘zgarishlar negizida tug‘ildi. Shunga ko‘ra , yangi (modern) o‘zbek adabiyoti milliy zaminda ildiz otgan bo‘lib, u Yevropa modern adabiyotidan ko‘chirilgan nusxa yoki unga taqdid emas , deyish mumkin.”
Yoki adabiyotshunos olim Naim Karimov ham bu borada to‘xtalib, shunday degan edi:
Agar Yevropa xalqlari she’riyatidagi modernizm o‘qtin-o‘qtin absurd adabiyot unsurlari bilan uyg‘unlashib tursa, o‘zbek modern she’riyati, birinchidan, xalq hayotidan bu qadar olislashishni o‘ziga ep ko‘rmaydi. Ikkinchidan, o‘zbek modern she’riyati zamirida muayyan kayfiyatni, ma’noni, poetik maqsadni ifodalash istagi yotadi. Uchinchidan, ayrim modern shoirlar hatto o‘z she’rlarida realistik adabiyot unsurlaridan ham ma’lum darajada foydalanmoqdalar. Faxriyor, Tursun Ali, Farida Afro‘z, Xosiyat Rustamovaning shu yo‘nalishdagi she’rlari o‘zbek modern she’riyatining eng yaxshi namunalari hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda “… o‘zbek modern adabiyoti G‘arbning muayyan modernistik shakllaridan ta’sirlanib, ayni paytda, o‘z hayoti ma’nolarini tushuntirishga, talqin qilishga urinayotgan adabiy hodisadir.
O‘zbek modern adabiyoti yoxud she’riyatini tahlil qilishda ushbu yo‘nalishda ijod qilgan ijodkorlar mavzu tanlashda va u asosda kelib chiqadigan xulosalar yaratishda an’anaviy metodlarga unchalik uzoqlashmaganligini, millatimiz uchun odat tusiga aylangan urf-odat, qarashlar hamda tasavvurlardan unchalik uzoqlashmaganligini ko‘rish mumkin. Ana shulardan kelib bugunki kun modern adabiyoti, xususan she’riyatida quyidagicha mavzular va ular zamirida yuzaga keladigan g‘oyalarning ustivor bo‘lganligini ko‘rish mumkin.Bular:
-Ishq –muhabbat mavzusi
-Vatanga muhabbat mavzusi
-Insonlararo mehr-oqibat mavzusi
Ma’lumki, sharq adabiyotida ishq-muhabbat mavzusi o‘lmas hamda doimo yangicha ko‘rinishda talqin etib kelinadigan mavzu hisoblanadi. An’anaviy talqindagi ishq-muhabbat mavzusi hamda unda ustivor bo‘lgan botiniy hamda zohiriy talkin etish jihatlari o‘zbek modern she’riyatida ham u yoki bu ko‘rinishda davom etganligini ko‘rish mumkin. Jumladan, o‘zbek modern she’riyatining aksariyat ijodkorlari, xususan, Abduvali Qutbiddin, Faxriyor, Ro‘zi Muhammad kabilar ushbu mavzuga yetarlicha qo‘l urib kelishgan hamda o‘z qarashlarini mazkur mavzu doirasidagi she’riy lavhalarga ifoda etishga harakat qilganlar. Ayniqsa, Abduvali Qutbiddinning “Nafas”, “Ey, Dilbarim”,” Ushmundoq”. “Tuyg‘u” kabi qator she’rlarida ishq-muhabbat mavzusi yetarli o‘rin egalaydi.
Sinchiklab qaralsa, Abduvali Qutbiddin mazkur mavzuga ham qo‘l urishda tamomila o‘zgacha yo‘l tutadi. To‘g‘ri uning mazkur mavzudagi she’rlarida an’anaviy uslub saqlanib qoladi. Ya’ni ularda oshiqning ma’shuqaga murojaat qilishdek an’anaviy uslubga murojaat qilinadi. Buning uchun asarning lirik qahramoni maydonga chiqadi va u o‘z sevgilisiga, ya’ni ma’shuqasiga lirik murojaat qilish orqali o‘z tuyg‘ularini ifoda qiladi. Lekin bu o‘rinda shoirning yangiligi, yangicha talqinda ifoda qilishdagi o‘ziga xosligi she’rda qo‘llanilgan tashbeh hamda o‘xshatishlarning tamomila o‘zgachaligida ko‘rinadi. Masalan, shoirning 1991 yilda yozilgan “Tuyg‘u” she’rida quyidagicha o‘rinlar mavjud:
Sen rayhondan o‘rgilay, so‘lasan,
Tomchiday tomchiday tundan keyingi
Tong emas, yo‘q , charog‘on shabnam…
Jonu ko‘zim,bor nurga ko‘milgin.
E’tibor berib qaralsa, ushbu o‘rinda tamomila o‘zgacha yangi o‘xshatish hamda tashbehlar ustalik bilan qo‘llanilgan. Unda oshiq ma’shuqasini erkalab “rayhon”- deb murojaat qilayapti. Oshiq aytayaptiki, ey rayhon, sen baribir tomchi kabi “so‘lasan”. So‘lishing uchun esa uzoq vaqt kerak emas. Buning uchun oz vaqt, ya’ni “tomchiday”, ya’ni nihoyatda qisqa vaqt kerak. Unda ham so‘lishing tongda emas, balki charag‘on quyosh chiqqan vaqtda so‘lasan.
Xulosa qilib aytganda , modern she’riyatida vazn, ritm, qofiya, band kabi qator an’anaviy unsurlardan tashqari lirik qahramon yoxud she’riy obraz hamda obrazlilik tushunchalarini shakllantirishda ham birmuncha farqli jihatlar paydo bo‘la boshladi. Mazkur she’riyatda lirik qahramon o‘zining kechinmalaridan tashqari Yevropaning “ong oqimi” ta’siridan ilhomlangan bosh qahramon hikoyachi qarashlariga asar taqdirini topshirib qo‘yish an’analariga duch kelinadi. Natijada modern she’riyatining o‘tkir nafasini ifoda etuvchi lavhalar, xulosalar yaratildi.
Foydlanilgan adabiyotlar ruyxati
1.U.Hamdamov Jahon adabiyoti: Modernizm va postmodernizm.
Toshkent “Akadem.nashr”, 2020 y
- Karimov N. XX asr o‘zbek adabiyoti jahon adabiyoti kontekstida.
Jahon adabiyoti.jurnali, 2018 yil, 11-son,
- Asqad Muxtor.Yillarim. She’rlar.-Toshkent, “Yozuvchi”,1990 yil.
4.Xolbekov M. XX asr modern adabiyoti manzaralari.
Toshkent :“Mumtoz so‘z”,2014.