- Rasulova M.SH. Bolalarni maktabga tayyorlash darajasini va tayyorgarligini aniqlash mezonlari. – T., O‘zPFITI, 1994.
- A.K.Minavvarov tahr. ostida. T., O‘qituvchi, 1996.
- Методика обучения изобразительной деятельности и конструированию. Учебное пособие для учащихся пед. уч-щ. под ред. Т.С.Комаровой. – 3-е изд, дораб. М., Просвещение 1991.
- Hasanov R. Maktabda tasviriy san’atni o‘qitish metodikasi. , Fan, 2004.
- Egamov Boshlang‘iya sinflarda badiy qurish-yasash. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma. T., 1995.
MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA TASVIRIY SAN’ATNING SAVODXONLIK ELEMENTLARINI TAKOMILLASHTIRISH – PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
Azizbek Rahimov Yaxshiboyevich.
A.Qodiriy nomidagi JDPI
Tasviriy san’at va muhandislik
grafikasi kafedrasi o’qituvchisi
+998 99 034 20 23
rahimovazizbek09@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish, ish jarayonida o‘zgartirishlar kiritish malakasi, o‘z ishini solishtirma nazorat qila olishi, xatosining sababini aniqlab, uni o‘z vaqtida tuzata olish malakasi mavjudligi dolzarb masala ekanligi borasida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar: tamoyillar, ta’lim, dunyoqarash, malaka va ko‘nikmalar, musavvirlar, muammolar, amaliyot, salohiyat, oddiy matnlar, ilmiy ishlar, og‘zaki va yozma nutq malakasi.
Abstract: This article discusses the importance of creating an aesthetically rich worldview in students, the formation of high spirituality, culture and creative thinking, the ability to make changes in the work process, the ability to compare their work, the ability to identify the cause of error and correct it in a timely manner. z is referred to.
Keyword: sprinciples, education, worldview, skills and abilities, artists, problems, practice, potential, simple texts, research papers, oral and written speaking skills.
Аннотация: В данной статье рассматривается важность формирования у учащихся эстетически насыщенного мировоззрения, формирование высокой духовности, культуры и творческого мышления, умение вносить изменения в рабочий процесс, умение сопоставлять свою работу, умение выявлять причину ошибки и своевременно исправлять.
Ключевые слова: принципы, образование, мировоззрение, навыки и умения, художники, проблемы, практика, потенциал, простые тексты, исследовательские работы, навыки устной и письменной речи.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da estetik turkumdagi fanlarni o‘qitilishiga alohida e’tibor berilgan bo‘lib, xususan, uning «Uzluksiz ta’limning tashkil etish va rivojlantirish tamoyillari» qismida uzluksiz ta’limning faoliyat ko‘rsatish tamoyillaridan biri ta’limning ijtimoiylashuvi deb qaraladi. Unda ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish lozimligi qayd etiladi. Bolalarda bu sifatlarni shakllantirishda tasviriy san’at keng imkoniyatga ega. SHu bois ham bolalarda maktab ta’limiga qadar muayyan dunyoqarash, malaka va ko‘nikmalarni tarkib toptirish, xususan tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirishni muhim pedagogik muammo sifatida e’tirof etish mumkin. Savodxonlik tushunchasiga manbalarda quyidagicha ta’rif berilgan: – «Savodxon» (o‘qish, yozishni biladigan, xat-savodli odam). – «Savodxonlik» 1) keng ma’noda – oddiy til me’yorlariga muvofiq og‘zaki va yozma nutq malakasini egallash, 2) tor ma’noda – faqat o‘qiy olish yoki oddiy matnlarni o‘qish yohud yozish. Ayni paytda ta’kidlash joizki, savodxonlik tushunchasining qirralari ko‘p: badiiy savodxonlik, musiqiy savodxonlik, tasviriy savodxonlik va hokazo. Maktabgacha yoshdagi bolalarning “tasviriy san’at savodxonligi” deganda bola mashg‘ulotning maqsadi, vazifasini tushuna olishi va mavzuga mos mazmunni tasviriy san’at materiallari orqali ifodalash malakasi, faol va nofaol nutqida tasviriy san’atga doir so‘z, atama, iboralar zahirasining mavjudligi, texnik malakalarning egallanganligi, rasm chizish jarayonida ishlatiladigan turli materiallarni o‘ziga xos jihatlarini, afzallik va qulayliklarini, xususiyatlarini bilishlari, topshiriqni bajarishda ijodkorlik, tashabbuskorlik va tasvirlayotgan narsasiga ish jarayonida o‘zgartirishlar kiritish malakasi, o‘z ishini solishtirma nazorat qila olishi, xatosining sababini aniqlab, uni o‘z vaqtida tuzata olish malakasi mavjudligi tushuniladi. SHu bilan birga bolada musavvirlarning ijod mahsullarini o‘rganish, kuzatish chog‘ida uni tahlil qila olish malakasining mavjudligi va nihoyat bajarilgan ishning sifat darajasini, ish jarayonida ozodalik va tartiblilikka rioya qilish malakasi kabilar tushuniladi.
Tasviriy san’atni hamma umumta’lim maktablarida o‘qitilishining foydali ekanligi haqida buyuk chex pedagogi YA.A.Komenskiyning uning “Buyuk didaktika” asarida fikr yuritiladi. Umumiy ta’lim tizimida rasm ishlashni takomillashtirishda fransuz olimi J.J.Russoning fikrlari diqqatga sazavordir. U o‘zining “Emil ili vospitanie” nomli kitobida borliqni bilishda naturaga qarab rasm ishlashning ahamiyati katta ekanligini isbotlab bergan. Uning fikricha rasm chizishni ko‘proq tabiat qo‘ynida amalga oshirish samaralidir. CHunki, bolalar tabiat qo‘ynida narsalarning haqiqiy rangi, perspektiv qisqarishlarini ko‘rgazmali ravishda o‘z ko‘zlari bilan ko‘radilar, uning qonunlarini ongli ravishda tushunib etadilar. Evropa pedagoglari orasida rasm chizishni umumiy ta’lim maktablarida alohida o‘quv predmeti sifatida o‘qitilishi va uni takomillashtirishda I.V.Gyote (Germaniya), I.G.Pestalotsii, I.SHmid va P.SHmidt (SHvetsariya), A.Dyupyui va F. Dyupyuilar (Fransiya) katta hissa qo‘shdilar. Rasm ishlashda natural metoddan ko‘ra geometrik metodning afzalliklarini I.G.Pestalotsii, P.SHmidt va I.SHmid kabi pedagoglar yoqlab chiqdilar. Natijada maktablarda bolalarga rasm chizishni o‘rgatishda ikkita qarama-qarshi natural va geometrik metodga asoslangan ikki oqim paydo bo‘ldi. Naturaga asoslangan rasm chizishni ustunliklarini YA.A.Komenskiy, J.J.Russo, I.V.Gyotelar yoqlagan bo‘lsalar, geometrik metodni ko‘proq I.G.Pestalotsii, F. Dyupyui, P.SHmidt va I.SHmidlar asoslashga harakat qilganlar. Teatrshunos va madaniyatshunos olim R.Rahmonov insonni ulug‘lovchi, uning ma’naviyatini yuksaltiruvchi madaniyat va san’at, uning tarixi haqida shunday yozadi: «Temuriylar davrida O‘rta Osiyoda maydonga kelgan buyuk sivilizatsiya, buyuk tarixiy shaxslarni faylasuf va donishmandlarni, shoir va san’atkorlarni, me’mor va sohibi hunarlarni etishtirdikim, ular o‘z navbatida jahon taraqqiyotini boyitishga hissa qo‘shganlar». Bu davrda tasviriy san’at, minatyura va monumental rassomlikda ham ko‘tarilish yuz bergan. Samarqandning Bog‘i shamoldagi Sohibqiron qurdirgan Saroy rasmlarini chizgan Pirsaid Ahmad tengi yo‘q musavvir bo‘lgan. SHuningdek, Mirzo Ulug‘bek zamonida ham ilm-fan, adabiyot, xattotlik, musavvirlik, musiqa va raqs san’ati taraqqiy etgan. Ajdodlarimizning doimo ana shunday go‘zallikka intilib yashaganlari buning yorqin ifodasidir. Maktabgacha ta’lim muassasalarining an’anaviy turlari (davlatga qarashli bo‘lgan) yildan yilga kamayib borayotgan hozirgi kunda ularning o‘rniga yangi ko‘rinishdagi maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etilmoqdaki, ularda olib borilayotgan faoliyat turlari an’anaviy muassasalarnikidan farq qilmaydi. YA’ni ularning nomi o‘zgarsa ham, ularga qo‘yiladigan talab – bolalarni maktab ta’limiga jismonan, ruhan, aqlan tayyorlash ishlari avvalgidek qolmoqda. Rivojlangan xorij mamlakatlaridagi (Angliya) ta’lim mazmunini oladigan bo‘lsak, bolalar maktab yoshi o‘rtacha 5-6 yosh bo‘lib, bolalar sinf xonalarida o‘ynaydilar, shug‘ullanadilar, ovqatlanadilar. Xonalarda rasm chizish, elimlash va o‘yinchoqlar yasash uchun turli ashyolar hisoblash, o‘lchash uchun asbob-uskunalar va didaktik vositalar mavjud bo‘ladi. Hamma mashg‘ulotlarni bitta o‘qituvchi olib boradi. Bolalarning ko‘p vaqti ochiq havoda o‘tadi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, maktabgacha ta’lim muassasalarining nomi va shakli qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, 5-7 yoshdagi bolalarga ta’lim muassasalarini boshqarish bo‘yicha davlatning vakolatli organlari tomonidan tasdiqlangan Davlat talablari yildan yilga fan-texnika jamiyat rivojlanishiga qarab takomillashishi va zamon talablaridan kelib chiqqan holda hamda kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj asosida o‘zgarishi mumkin. Lekin maktabgacha katta yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati o‘yin bo‘lib qoladi. O‘yin zamirida olib boriladigan faoliyatlar orqali esa bolalar ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlanib boradilar. Maktabgacha yoshdagi bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatib borish bilan bir qatorda ular ko‘rgan kechirganlarini tasvirlash orqali qalam va ruchkadan foydalanish texnikasini, yozuv elementlarini egallab borishlari lozim. Bolaning maktabgacha yosh davrida ta’lim-tarbiya turli maskanlarda, oilada, bog‘chada, noan’anaviy ta’lim muassasalarida beriladi. Bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida maktab ta’limiga tayyorlash ulushi Respublika bo‘yicha 20%ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich albatta yuqori emas, lekin aynan maktabgacha ta’lim muassasalari (bolalar bog‘chasi)da maktabga tayyorlangan bolalarning maktab sharoitiga moslashuvi har jihatdan engilroq kechadi. Chunki ular maxsus dastur yordamida mutaxssislar orqali o‘qishga tayyorlargik bosqichini o‘tab chiqadilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI