Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

MAHALLADA “ODAMFURUSH” DRAMASI PREMERASI

Xabaringiz bor o‘tgan 2021 yil davomida Jizzax davlat pedagogika instituti viloyatimizdagi 16 ta chegaraoldi mahallalar  bilan birga hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Ushbu hamkorlik doirasida  institutga biriktirilgan barcha mahallalarda, past ko‘rsatkichli maktab bitiruvchi o‘quvchilarini oliy ta’limga tayyorlash,  uyushmgan  yoshlarni turli to‘garaklarga jalb etish,  “Ayollar daftari”  ro‘yxatida turgan xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatish, imkoniyati cheklangan oilalar holidan xabar olish,  maktab va ota-ona, oliy ta’lim, mahalla  hamkorligini yo‘lga qo‘yish uchun bir qator ishlar amalga oshirildi. Zomin tumani  “Chilonzor” MFY da joylashgan   67 son umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan “Faol mahallada inson qadri ulug‘” mavzuidagi  tadbir ham ana shu ezgu ishning,  institut va mahalla hamkorligining yana bir namunasi desak xato qilmagan bo‘lamiz.  Mahallalardagi uyushmagan yoshlarni qamrab olish, iqtidorli o‘quvchilarni yuzaga chiqarish, maktab bitiruvchilariga to‘g‘ri yo‘nalish berish maqsadadida tashkil etilgan tadbirga mahalla faollari, ota-onalar, yoshlar taklif etildi. Yoshlar o‘rtasida sog‘lom muhitni qaror toptirishda avvalo, oila alohida o‘rin tutadi. O‘z oilasida yetarlicha mehr ko‘rmagan bola ko‘chaga intiladi. Buning salbiy oqibatlarini esa hammamiz yaxshi bilamiz. Bolaning yaxshi bilim olishi uni jamiyatga, o‘z oilasiga, lozim  bo‘lsa tengdoshlariga kerak ekanligini his ettira bilish ham mashaqqatli  mehnatni talab etadi.  Institut  “Talabalar teatri” tomonidan sahnalashtirlgan “Odamfurush” drammasida fojeaga aylangan qismatlar muammosi to‘la to‘kis ochib berildi. Tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan  ushbu spektakl bejizga qo‘yilmadi. Bugun mahallarda nosog‘lom muhitda voyaga yetayotgan bolalarning taqdiri hech birimizni befarq bo‘lishimizga yo‘l qo‘ymaydi. Tadbirda so‘z olgan ustozlar, ota-onalar, mahalla faollarini hushyorlikka chorlashdi.   “Bolaning   kelajakda qanday inson bo‘lib voyaga yetishi, ota-ona tarbiyasi va atrof muhit ta’siriga bog‘liq. Yoshlar tarbiyasida ularning yosh jixatiga, ruhiyatiga fe’l atvoriga ahamiyat berish zarur. Ana shu nozik nuqtalarni,  xususan bitiruvchi o‘quvchilarining ruhiyati bilan bog‘liq muammolarni aniqlash maqsadida institutning Pedagogika psixologiya fakulteti talabalari tomonidan trening mashg‘ulotlari ham o‘tkazildi.   Ushbu hamkorlik tadbirlari oliygohning  kelajakda o‘z  kasbining ustasi, yetuk pedagog bo‘lish istagida yurgan talabalari  uchun  ham amaliyot vazifasini o‘tashi shubhasiz.   “Mahalla va oliy ta’lim muassasalari hamkorligida gap ko‘p. Birgina yoshlar masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsam bu hamkorlik aloqalari avvalom bor  yoshlarimiz  ongida yurtimizda yuz berayotgan o‘zgarishlarga dahldorlik hissi uyg‘onishiga, ularning orzu-istaklarini to‘g‘ri yo‘naltirishga  xizmat qiladi. Eng muhimi ularda ta’lim olishga havas ortadi. Jizzax davlat pedagogika instituti jamoasining asl niyati ham maqsadi ham shu aslida… ” deydi institut Yoshlar malalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha  prorektor S.Nazarqosimov. Zomin tumani “Chilonzor” MFY da shu kuni kechgacha bayram bo‘ldi desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.  Bu yerga tashrif buyurganlar  Vatan, ona, mehr-oqibatni tarannum etguchi musiqiy chiqishlardan  zavq olishdi. Raqslarga tushishdi. O‘zida ezgu niyatlarni mujassamlashtirgan bu tadbir haqida hali Zominliklar ko‘p eslashadi. Bir so‘z bilan aytganda  ertaga mahallada duv-duv gap bo‘ladi.