Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

KVANT FIZIKASIGA OID HODISALARNI O‘QITISHDA ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

Irmatov Fozil Muminovich, Jizzax davlat pedagogika universiteti p.f.f.d, (PhD) irmatov-fozil-84@mail.ru    Mazkur ish zamonaviy axborot va zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida «Kvant fizika» fanini kompyuter imitatsion modeli asosida samarali o‘qitishni tashkil etishga bag‘ishlangan. Taraqqiy etgan xorijiy davlatlar oliy o‘quv yurtlarida hamda respublikamizning etakchi ta’lim muassasalarida kompyuter texnologiyalari asosida o‘qitish jarayoni tahlil qilinganda bir nechta yunalishlarni ko‘rish mumkin. SHulardan biri kompyuter modelidan foydalanish hisoblanadi. Bu yo‘nalish o‘qitilayotgan fanlarning ob’ektlarini tabiiy ko‘rinishda ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan ma’lumotlarni ifoda etish imkoniyatini yaratadi. Bu esa o‘z navbatida originalning tabiatini aniqlash, uning ichki, tashqi xossalarini va rivojlanish jarayonini kuzatish imkoniyatini yaratadi. Hozirgi kunda kompyuterda modellashtirish texnologiyasi mavjud bo‘lib, uning maqsadi atrofimizni o‘rab turgan tabiat, unda ro‘y beradigan hodisa, voqealarni va jamiyatdagi o‘zgarishlarni anglash, tushunib etish jarayonini zamonaviy usullar vositasida tezlashtirish va qabul qilishdir. Kompyuterda modellashtirish texnologiyasini o‘zlashtirish kompyuter tizimlarini (vositachi qurilma sifatida) yaxshi bilishni va unda modellash texnologiyalarini ishlata olishni talab qiladi. Kompyuterda dasturlash tillaridan foydalanish matematik modellashtirish usulida jiddiy burilish yasadi. Hozirgi davrda kompyuterlarda o‘rganilayotgan fizik jarayonlar modellarining turli xil ko‘rinishlarini (grafik, diagramma, animatsiya, multiplikatsiya va h k.) kompyuter monitorida hosil qilish mumkin. Ekrandagi modelni (masalan, rasm eskizini) turli xil darajada (tekislik, fa’zo bo‘yicha) harakatga keltirish imkoniyatlari mavjud. Ushbu fikrlardan kelib chiqib, talabalarni kvant fizikaga oid tushunchalarini tabiiy sharoitda kuzatib bo‘lmaydigan jarayonlarini kompyuter imitatsion modelini yaratish va u asosida darslarni tashkil etish mumkin. Kvant fizika tushunchalarida shunday jarayonlar mavjudki, ularni oddiy usulda (rasmini ko‘rsatish yoki doskada chizib ko‘rsatish) tushuntirish talabalarda aniq tasavvur hosil qilmasligi mumkin. Kvant fizikasining fizik jarayonlarida kompyuter imitatsion modeli yaratilib, shu model asosida jarayon tushuntirilsa, talabalar bu jarayonlarni tushunishi, tasavvur qilishi osonlashadi hamda eshitish, ko‘rish orqali olgan bilimlari uzoq vaqt yodda saqlanadi va talabalarning o‘zlashtirish darajalari oshirilganligi kuzatiladi.     1-rasm. Kvant fizikasi hodisalarini dasturiy paketlar yordamida o‘rganish   Xulosa qilib aytganda, kompyuter imitatsion modellari ma’lumotlarni ongli ravishda bir-biriga to‘g‘ri keladigan (uyg‘un) holda foydalanish imkoniyatini yaratadi. Bu esa zamonaviy o‘qitish usullaridan foydalangan holda bilimni har xil shakllarda taqdim etish imkoniyatini beradi.   FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI  
  1. Ирматов Ф. М. Эффективность современных образовательных технологий в педагогическом процессе (на примере обучения физике). Научное знание современности. –Казан. 2019. -С. 34-37.
  2. Ирматов Ф. М. Особенности обучения нефизическим специальностям студентов. Образование и культура. Международная научно-практическая конференция «Наука, образование, культура», Посвященная 29-ой годовщине Комратского государственного университета. Комрат. –С. 130-132.
  3. Ирматов Ф. М. Эффективность модульного обучения физики для нефизических специальностей. Инновационные технологии в современном образовании. –С. 228-231.
  4. Irmatov F. Advantages of teaching physics on the credit system. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12). – Great Britain. –Р. 60-64.
  5. Ирматов Ф. М. Повышение уровня успеваемости по физике студентов в педагогических вузах посредством современных образовательных технологий. Современное государственное и муниципальное управление: проблемы, технологии, перспективы. VI Международной научно-практической конференции. – Донецк. 2020. –С. 117-119.
  6. 6. Abduraxmonov K.F. va b., Fizika kursi, Toshkent-2012