Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/12/2025
Chop etish
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari ishtirokida antikorrupsiya volontyorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvni Madina Xushvaqtova ochib berib, antikorrupsiya volontyorlari hamda ularning koordinatorlarini tanishtirdi.

Tadbir davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida To‘xtasheva so‘zga chiqib, yoshlar mamlakat kelajagi ekanini ta’kidladi. U antikorrupsiya yo‘nalishida samarali faoliyat olib borish uchun o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, netvorking tizimini shakllantirish va tarqoqlikka yo‘l qo‘ymaslik zarurligini qayd etdi. Shuningdek, yoshlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish muhim vazifalardan biri ekanini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida “Nima sababdan ayrim yoshlarimiz chet elga ketib, ortga qaytishni istamaydi?” degan savol o‘rtaga tashlandi. Mazkur masala yuzasidan ishtirokchilar o‘z fikr va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar.

Tadbir yakunida mazkur holatni o‘zgartish yoshlarning o‘z qo‘lida ekani ta’kidlanib, uchrashuvda qatnashgan yoshlar bu borada faol bo‘lishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Uchrashuv savol-javoblar shaklida davom etdi va yoshlarning fikr-mulohazalari tinglandi.


Ulashish:
4 436
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar va sprot masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
2026-yil 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatida...
O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida u talaba-yoshlar bilan uchrashib, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar faolligini yanada oshirishga doir fikr va takliflarini bildirdi.