Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Korrupsiyaga qarshi kurash
Korrupsiyaga qarshi kurash
|
13/02/2026
Chop etish
Korrupsiyaga qarshi bilim va ong – xavfsiz kelajak kafolati.

Filologiya fakulteti tyutori va 1-kurs talabalari ishtirokida “Siyosiy. g‘oyaviy va iqtisodiy korrupsiya-xavfsizlikka tahdid, xalqaro korrupsiya, iqtisodiy-siyosiy manfaatlar to‘qnashuvi oqibati sifatida” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbir davomida korrupsiyaning siyosiy, g‘oyaviy va iqtisodiy ko‘rinishlari, uning davlat boshqaruvi tizimiga ta’siri, ijtimoiy-huquqiy oqibatlari hamda korrupsiya xavfini kamaytirishning institutsional va huquqiy mexanizmlari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvining mazmuni, turlari, kelib chiqish sabablari va uni bartaraf etish usullari, ayniqsa ta’lim sohasidagi holatlar misolida tushuntirib berildi.

Seminar jarayonida Virtual akademiya elektron platformasining o‘quv imkoniyatlari taqdim etildi. Talaba-yoshlarga mazkur platforma orqali huquqiy bilimlarni mustahkamlash, mustaqil ta’lim olish va interaktiv kurslardan samarali foydalanish tartibi bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.


Ulashish:
255
Boshqa rubrikalarda mashhur

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543-yilligiga bag‘ishlangan “Nazm va navo” adabiy-badiiy kechasi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida buyuk davlat arbobi, sarkarda va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543-yilligi munosabati bilan “Nazm va navo” nomli adabiy-badiiy kecha yuqori saviyada...
Korrupsiyaga qarshi bilim va ong – xavfsiz kelajak kafolati.
Filologiya fakulteti tyutori va 1-kurs talabalari ishtirokida “Siyosiy. g‘oyaviy va iqtisodiy korrupsiya-xavfsizlikka tahdid, xalqaro korrupsiya, iqtisodiy-siyosiy manfaatlar to‘qnashuvi oqibati sifatida” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Tadbir davomida...
Kengash yig‘ilishida Marlen Zoidovich Djelyalovning yangi lavozimga tayinlangani e’lon qilindi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘iga muvofiq, Djelyalov Marlen Zoidovich Jizzax shahridagi “Qozon (Volgabo‘yi) federal universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi filialining Yoshlar...