Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Koronavirusga qarshi yangi choralar belgilandi.

Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan aholini ijtimoiy va tibbiy muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilab berildi

Jumladan: 300 mingta ekspress-test va 500 ta sun’iy nafas oldirish apparati xarid qilinadi, xavf yuqori bo‘lgan aholi punktlarida ko‘chma laboratoriyalar tashkil etiladi;

 tibbiyot niqoblari ishlab chiqarish kuniga 5 million donaga yetkaziladi;

 davlat organlari va nodavlat tashkilotlar o‘z xodimlarining kamida 50 foizini haq to‘lanadigan ta’tilga chiqarishi, qolganlar masofadan ishlashga o‘tkazilishi zarurligi ta’kidlandi;

surunkali kasallikka chalinganlar hamda 60 yoshdan oshganlar tashqariga chiqmasligi, bunday xodimlar 100 foiz mehnat ta’tiliga chiqarilishi tavsiya etildi;

O‘zbekistonga olib kirilayotgan dori-darmonlar, substansiyalar, tibbiy texnika va boshqa zarur tovarlarni bojxona to‘lovlaridan, shu jumladan, qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi;

 1 oktabrga qadar tadbirkorlarning foydalanilmayotgan ob’ektlariga nisbatan mol-mulk va yer solig‘ining oshirilgan stavkalari qo‘llanilmaydi;

1 noyabrga qadar koronavirus pandemiyasi tufayli moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan korxonalar bankrot deb e’lon qilinmaydi;

karantin muddati davomida tadbirkorlik sub’ektlari foydalanayotgan 3 ming 600 dan ortiq davlat mulki ob’ektlari bo‘yicha ijara haqlarini undirish to‘xtatiladi;

 barcha loyihalar doirasida investitsiyaviy majburiyatlarni bajarish muddatlari 6 oyga uzaytiriladi;

 karantin davrida tadbirkorlarning hisob raqamini to‘xtatib qo‘yish taqiqlanadi;

 aholiga tovarlarni yetkazib berish hamda tashish xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya olish talabi vaqtinchalik bekor qilinadi.