Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Uncategorized
Uncategorized
|
23/02/2026
Chop etish
“Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi doirasida AQSHning University of Georgia professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar uchun mahorat darslari tashkil etildi.

Ma’lumki, joriy yil 21-fevral sanasidan boshlab universitetda University of Georgia hamda GATESOL Conferences bilan hamkorlikda xalqaro anjuman o‘tkazilgan edi. Mazkur mahorat darslari ushbu anjumanning mantiqiy davomi sifatida tashkil etildi.

Seminar-treninglar xorijlik ekspertlar — David Chiesa, Alisa Leckie, Rebecca Raab, Amy Morales hamda Susan Mann tomonidan olib borildi. Har bir mutaxassis o‘z yo‘nalishi doirasida taqdimot va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

Interaktiv formatda tashkil etilgan darslar talabalarga zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan tanishish, xalqaro tajriba almashish hamda kasbiy motivatsiyani oshirish imkonini berdi. Forum doirasidagi ushbu tadbir kelajak pedagoglarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.


Ulashish:
31
Boshqa rubrikalarda mashhur

“Iqtidorli talabalar – kelajak bunyodkorlari» shiori ostida taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida xalqaro anjuman doirasida xorijlik ekspertlar hamda iqtidorli talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Kelajak pedagoglari uchun global mahorat darslari” forumi doirasida AQSHning University of Georgia professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalar uchun mahorat darslari tashkil etildi. Ma’lumki,...
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Georgia universiteti huzuridagi GATESOL vakillari o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv ikki tomonlama akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadam sifatida e’tirof etildi.