Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

Kasbiy ta’lim fanlarini o‘qitishda axborotli ta’lim muhitidan amaliyotda foydalanishning didaktik imkoniyatlari

dotsent v.b Muqimov Ma’ruf Olimovich O‘zbekiston                                                                                    Respublikasi, Jizzax davlat pedagogika universiteti.  Axborotli ta’lim muhiti (ATM)dan amaliyotda foydalanish uchun ham bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda o‘ziga xos innovatsion yondashuv qilishni talab etadi. Bunday talabni bajarishda o‘rganilayotgan fanning o‘quv – uslubiy axborotli ta’minotini mukammal qilib tayyorlash muhim didaktik ahamiyat kasb etadi va bunda birinchidan, professor – o‘qituvchi o‘zining fanini mukammal bilishi, ikkinchidan, uning axborot madaniyati yuqori bo‘lishi va uchinchidan, ijodkor bo‘lishi talab etiladi. Ularning natijasida o‘qituvchi muayyan fanlarni o‘qitishning ATMni yaratishda va ulardan amaliyotda foydalanishda jonbozlik va ijodkorlik ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Mazkur maqolaga milliy sport turlari bo‘yicha murabbiy – o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashdagi kasbiy ta’lim fanlarini o‘qitishda ATMdan foydalanishning didaktik imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlarni yoritishni maqsad qilib oldik. ATM va uni shakllantirish hamda undan amaliyotda foydalanish imkoniyatlari va ularning didaktik asoslarini tadqiq etish borasidagi izlanishlarimiz natijalari Olimpiya zaxiralari kasb-hunar kollejlaridagi bo‘lajak mutaxassislarni taayyorlashda ATMdan foydalanishning tashkiliy – tuzilmaviy ko‘rinishini 1-shakldagidek ifodalashga imkoniyat berdi [1-3].                                      
                                 
        1-shakl. Kasbiy ta’lim fanlarini o‘qitishda axborotli ta’lim muhitidan foydalanishning didaktik imkoniyatlari tashkiliy – tuzilmaviy ko‘rinishi.   Shakldagi “Milliy sport turlari bo‘yicha murabbiy – o‘qituvchilarni tayyorlashga oid davlat siyosati” blokiga “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limini rivojlantirishga va takomillashtirishga hamda ta’lim mazmunini va sifatini oshirishga oid me’yoriy – huquqiy hujjatlar joylashtiriladi. “Milliy – ma’naviy qadriyatlarga oid tarixiy meros” nomli blokga milliy – ma’naviy boylikka tegishli va ayniqsa milliy sport turlarining tarixiga oid materiallar joylashtiriladi. “Intellektuallashtirilgan ta’lim muhitini tashkil etishga imkon beruvchi manbalar” nomli blokga elektron darsliklar, elektron o‘quv qo‘llanmalar, elektron ma’ruzalar matni, ekspert tizimlar, modellashtirilgan dasturlar, ta’limni axborotlashtirish tizimi, ta’limni komp’yuterlashtirish, intellektual kitoblar, intellektual tizimlar va shu kabilar kiritiladi. “Samarali axborot xizmatini amalga oshiruvchi manbalar” blokiga axborot xizmatining zamonaviy usullari kiradi. Ular: axborotlarni faksimil uzatish; elektron pochta; masofaviy ta’lim; internet; komp’yuterlashtirilgan telekonferensiyalar; dunyo axborot tizimining boshqa xizmat turlari va virtual kutubxona va shu kabilar. “Virtual muloqatga oid bosh ma’lumotlar bazasi” blokiga quyidagi ko‘rinishdagi ma’lumotlar bazalari to‘planadi: Sport sohasida O‘zbekiston iftixori, degan nomga sazovor bo‘lgan sportchilarga oid ma’lumotlar bazasi; milliy sport turlarini madh etuvchi vidokliplar asosidagi ma’lumotlar bazasi; polvonlar, polvonzodalar va pahlavonlar haqidagi ma’lumotlar bazalari; Vatanimizdagi sport inshoatlari va ulardagi mavjud imkoniyatlar haqidagi ma’lumotlar bazalari joylashtiriladi. “Didaktik portfel” nomli blokga o‘quv jarayonining motiv komponentlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida o‘qitiladigan fanning mazmuniga kiritish uchun qo‘shimcha ravishdagi matnlar, test – savollari, mezonlar va tamoyillariga oid materiallar kiritiladi. Agarda professor – o‘qituvchi bu qayd etilgan didaktik imkoniyatlardan ta’lim jarayonida samarali foydalanishga erishsa u innovatsion ta’limni ham amalga oshirgan bo‘ladi. Bunga sabab, an’anaviy o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchi fanni (mavzuni) o‘zlashtirishga oid ma’lumotlarni o‘quv ma’lumotlar bazasidan (darsliklar, o‘quv qo‘llanmallar, boshqa o‘quv adabiyotlaridan) o‘qituvchi ishtirokida va yordamida oladi. Axborotli ta’lim muhitida esa ta’lim oluvchi o‘ziga kerakli ma’lumotlarni bevosita ayrim hollarda bilvosita, ya’ni o‘qituvchi ko‘magida zamonaviy axborot texnlogiyalari vositalari yordamida olishga muvaffaq bo‘ladi. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, ta’lim jarayonining axborotli ta’lim muhitini yaratish va undan multimedia vositalaridan foydalanish ta’lim oluvchilarning fanlarni (mavzularni) o‘zlashtirishning sifatini oshirar ekan va tabiiyki ta’limda yuqori samaradorlikni qo‘lga kiritishga keng imkoniyatlar yaratiladi hamda bunday ta’lim tizimi quyidagidek ta’limiy afzalliklarga erishishga ham muhim didaktik asoslar bo‘la oladi:
  • ta’lim sifatini oshiradi;
  • ta’lim olishni qulay holga keltirish asosida yengillashtiradi;
  • ta’lim oluvchilar bilimdonligi saviyasi oshiriladi;
  • ta’limning intellektual salohiyati o‘sishini ta’minlaydi;
  • milliy ta’limning jahon ta’limi tizimiga integratsiyalashuvini ta’minlaydi.
Adabiyotlar:
  1. To‘raqulov X.A. Pedagogik tadqiqotlarda axborot tizimlari va texnologiyalari. – T.: “Fan”, 2006. – 252 b.
  2. To‘raqulov X.A., Muqimov M.O. Professional ta’limda mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashni axborotlashtiri. Monografiya. – T.: Fan va texnologiya, 2014, 174 b.
  3. Muqimov M.O. Professional ta’limda mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning ilmiy – nazariy va pedagogik asoslari. Monografiya. T.: Fan va texnologiya, 2013, 212 b.