Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/10/2021
Chop etish
Jizzaxda  “Texnoways”  texnologik rivojlanish marafoni bo‘lib o‘tmoqda.

Hududlarda yoshlarni innavatsion, texnologik, ilmiy va startap loyihalarini izlab topish, ularning loyihalarini takomillashtirish hamda tijoratlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun Innavatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish ofisi hamda Jizzax davlat pedagogika instituti hamkorligida  “Hududiy Innavatsion g‘oyalar”  ko‘rgazmasi hamda “Texnoways”  texnologik rivojlanish marafoni tashkil etildi. 13-16 oktabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan ushbu marafonnigng ilk kuni barcha ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Jizzax viloyatidagi 3 ta-Jizzax davlat pedagogika instituti, Jizzax politexnika instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda har bir OTM dan 1 ta jamoa   1 tadan loyiha bilan ishtirok etmoqda. Marafonda o‘zining novatorlik ishlanmalari bilan ishtirok etayotgan ishtirokchilar 2 ta “Eng yaxshi dasturiy ta’minot”,  “Eng yaxshi texnologik yechim” yo‘nalishida ishtirok etishadi.

Tadbirining ochilish marosimda so‘zga chiqqanlar ”Texnoways”  texnologik rivojlanish marafoni hududlarda bosqichma-bosqich o‘tkazilayotgani, ushbu loyiha yoshlarni har tomonlama qo‘llab quvvatlashga, turli loyihalarni tijoratlashtirish darajasiga olib chiqishga, o‘z navbatida amaliyotga joriy etishga qaratilgani xususida to‘xtalib o‘tishdi. Uch kun davomida bo‘lib o‘tadigan ”Texnoways”  texnologik rivojlanish marafoni Jizzaxlik bilimdon, faol yoshlarni o‘z g‘oyalari ostida birlashtiradi.


Ulashish:
1 047
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.