Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/12/2020
Chop etish
Jizzax shahridagi IT-park  hamkorlik chegaralarini kengaytirmoqda

Hozirgi kunda mamlakatimizda innovatsiyalarni joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda, yuqori texnologiyalar sohasiga investitsiyalar jalb qilinmoqda. Yurtimiz aholisining 60 foizdan ortig‘i yoshlar ekani va ular orasida innovatsion g‘oyalarga ega iste’dodli, intiluvchan yoshlar ko‘pchilikni tashkil etishini hisobga olib O‘zbekistondagi dastlabki IT-park mahalliy startap ekotizimining uzviy bir qismiga aylandi va mamlakatimizdagi startap harakatlarni yanada rivojlantirishda qulay sharoitlar yaratish imkonini berdi.

 

Xabaringiz bor 11 noyabr kuni Jizzax shahrida IT Park mintaqaviy filiali ochildi. Bu rejalashtirilgan 14 ta filialning to‘rtinchisi bo‘lib, ulardan uchtasi Guliston, Marg‘ilon va Andijonda ochilgandi. Bugun  Jizzax davlat pedagogika institutida IT Park mintaqaviy filiali rahbariyati va oliygohning Matematika va informatika fakulteti professor –o‘qituvchilari, Axborot texnologiya markazi mutaxasislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad esa o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. Uchrashuvda so‘zga chiqqan Jizzaxdagi filial loyihasini IT Park maslahatchisi Jayaram Partasarti Filial 24/7 rejimda faoliyat yuritib, u yerda chet ellik sheriklar va turli kompaniyalar bilan mustahkam aloqalar o‘rnatilayotganligini shuningdek  IT Parkning Jizzax hududidagi IT-markazda  istalgan kishiga IT sohasidagi fan va kasblarni o‘rganish, jumladan kompyuter savodxonligi, dasturlash, Web-dizayn, grafik dizayn, mobil robototexnika, kibersport turlari, IT-ingliz tili va boshqa imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlab o‘tdi. U o‘z so‘zida ikki taraflama hamkorlik kelajakda yaxshi natijalarga erishish bilan bir qatorda «O‘zbekistonning IT-iste’dodlari» ko‘payishiga xizmat qilishini
ta’kidlab o‘tdi.

 

Ma’lumot  uchun: Bugungi kunda IT Parkning Jizzax filialiga o‘quv xonalari va kibersport sinflari uchun  43 ta kompyuter to‘plami berilgan bo‘lib, 43 o‘quvchiga mo‘ljallangan 3 ta zamonaviy o‘quv xonalari yaratilgan. Bu yerda yil davomida 500 ga yaqin talaba ta’lim olishi mumkin.


Ulashish:
910
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.