Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Karera markazi
Karera markazi
|
26/08/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti hududida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbir Jizzax viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Yarmarkada viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi yoshlari hamda munosib ish qidirib yurgan ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar ishtirok etdi. Mehnat yarmarkasida universitetning kimyo yo‘nalishi bitiruvchisi Zuhra Ma’murova ham ishtirok etdi. U qaynonasi va farzandi bilan tadbirga tashrif buyurib, o‘zi uchun munosib ish topishdan umidvor ekanini bildirdi. Sharof Rashidov tuman bandlik bo‘limi xodimlari Zuhra Ma’murovaga o‘z yo‘nalishiga mos ish topishda ko‘maklashishdi.

“Men kelinimning ishga joylashib, oilaga ham, jamiyatga ham foydasi tegishidan umidvorman”, — deydi Zuhra Ma’murovaning qaynonasi Robiya Abdurahimova.

Ma’lumot uchun, 2024/2025 o‘quv yili yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga ko‘ra, Jizzax davlat pedagogika universitetini 4527 nafar talaba muvaffaqiyatli bitirib, diplomga ega bo‘ldi. Ulardan:

doimiy ishga joylashganlar — 1997 nafar,

o‘qishni davom ettirayotganlar — 124 nafar,

“Kelajakka qadam” dasturi bo‘yicha band bo‘lganlar — 101 nafar,

o‘zini o‘zi band qilganlar — 146 nafar,

uch tomonlama shartnomalar asosida ish bilan ta’minlanadiganlar — 1445 nafarni tashkil etadi.

Shuningdek, universitet bitiruvchilarining bandligini ta’minlash maqsadida bitiruvchi bosqich talabalarining 95 foizi uchun ish beruvchi tashkilotlar, talabalar va universitet o‘rtasida uch tomonlama shartnomalar imzolandi. Bu esa ularning ishga joylashuvida mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilganidan dalolat beradi. Yarmarkada so‘zga chiqqanlar davlatimiz rahbarining bandlik siyosati va uning dolzarb ahamiyati haqida ham to‘xtaldilar. Mehnat yarmarkasi kechgacha davom etadi.


Ulashish:
2 571
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda xalqaro seminar va uchrashuv tashkil etildi.
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetiga Dilek Öztürk tashrif buyurdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Mentorlarning pedagogik mahorati” mavzusida mentorlar o‘rtasida tanlov tashkil etildi.
Tanlov dasturiga muvofiq, ishtirokchilar o‘zini tanishtirish, inklyuziv yondashuv asosida intervyu, savollarga javob berish hamda sevimli mashg‘ulotlarini namoyish etish kabi shartlar asosida bellashdilar.
JDPUda respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Anjumanni universitet rektori Maksudjan Yuldashev ochib berdi.