Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
31/10/2025
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universiteti delegatsiyasi Georgia TESOL prezidenti va vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori Maqsudjon Abdullayevich Yuldashev boshchiligidagi delegatsiya AQShning Georgia shtatida joylashgan University of Georgia universitetida o‘tkazilayotgan Georgia TESOL 2025 xalqaro konferensiyasi doirasida tashkilot prezidenti Dr. David Chiesa, Alisa Leckie va boshqa vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida tomonlar TESOL (Teaching English to Speakers of Other Languages) sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini, ingliz tilini o‘qitishning zamonaviy metodlari va o‘qituvchilar malakasini oshirish yo‘llarini muhokama qildilar.

Dr. David Chiesa Jizzax davlat pedagogika universitetining xalqaro miqyosdagi faoliyati, ta’lim sifati va innovatsion yondashuvlarini yuqori baholab, kelgusida o‘qituvchilar uchun malaka oshirish dasturlari, seminar va treninglarni birgalikda tashkil etishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

O‘z navbatida, rektor Maqsudjon Yuldashev Georgia TESOL bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro ta’lim standartlariga mos o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, hamda o‘zaro tajriba almashishning ahamiyatini ta’kidladi.

Uchrashuv do‘stona muhitda o‘tdi va kelgusida Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda Georgia TESOL o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish borasida muhim kelishuvlarga erishildi.


Ulashish:
1 091
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda “Har shanba — uzluksiz kasbiy rivojlantirish kuni” doirasida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Har shanba — uzluksiz kasbiy rivojlantirish kuni” deb e’lon qilingan tashabbus doirasida professor-o‘qituvchilar uchun navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet Madaniyat...
Jizzax davlat pedagogika universitetida bitiruvchi talabalarga ish beruvchilar bilan ochiq muloqot va amaliy seminar o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Tabiiy fanlar fakulteti bitiruvchi talabalari uchun ish beruvchilar bilan ochiq muloqot va amaliy seminar tashkil etildi.
Jizzaxda pedagogika oliy ta’lim muassasalari prorektorlari kengashining 5-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Zomin dam olish maskanida pedagogika oliy ta’lim muassasalari ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlari kengashining 5-sonli yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.