Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/02/2017
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika instituti Madaniyat saroyida mir Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligi, hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534 yilligi munosabati bilan “Mumtoz adabiyotimizning ikki buyuk siymosi” mavzusida adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Tadbirni institut rektori professor A.J.Xolbekov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Ulug‘ shoir va mutafakkir, o‘zbek adabiy tilining asoschisi Nizomiddin mir Alisher Navoiy tavalludiga 576 yil to‘ldi. Bu qutlug‘ sanani yurtimizning barcha go‘shalarida keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rilayotir. Zero, buyuk mutafakkirning hayoti va ijodini o‘rganish yuksak ma’naviyatni shakllantirishning muhim omilidir. tadbir4Shoirning adabiy merosi bizga bir umrlik ma’naviy xazina deb bilaman. Mamlakatimizda Navoiy yodi abadiy saqlanib qolishi uchun juda ko‘p ishlar amalga oshirilgan va hozirgi kunga qadar davom etmoqda. Jumladan, yurtimizdagi oliygohlar, kutubxonalar, davlat stipendiyalari ham ushbu insonning nomi bilan bog‘liq. tadbir2Shoir xotirasi qalbimizda mangu muhrlanib qolishiga astoydil ishonch bildiraman va shu o‘rinda o‘z davrida buyuk iste’dodga ega bo‘lgan,  shoh va shoir, Zahiriddin Muhammad Bobur haqida gapirar ekanmiz beixtiyor qalbimizda yurtga muhabbat, sadoqat gavdalanadi. 534 yildan buyon asarlarini sevib mutolaa qilib kelayotgan yosh avlod vakillari o‘zbek xalqining naqadar yuksak ma’naviyatli ekanligini, ajdodlar merosi oltinga teng xazina ekanligini tushunib yetadi, deb, so‘zini yakunladi.

tadbir

Shundan so‘ng, O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti, o‘zbek adabiyoti o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti Abbos Tursunqulov o‘z ma’ruzasi bilan so‘zga chiqdi. A.Tursunqulov o‘z ma’ruzasida O‘zbekistonda ma’naviyatni yuksaltirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ulkan ishlar silsilasida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning inson kamoloti haqidagi hayotbaxsh g‘oyalaridan yoshlar ma’naviyatini boyitishda yanada unumli foydalanish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga aylanganini ta’kidladi. Inson qalbining quvonchu qayg‘usini, ezgulik va hayot mazmunini Alisher Navoiydek teran mushohada etgan, va asarlarida ifodalagan shoir jaxon adabiyoti tarixida juda kam bo‘lgan. Shuning uchun uning asarlarida ilgari surilgan g‘oya va qarashlar asrlar osha o‘z ahamiyati va qadrini yo‘qotmagan, bugungi kun bilan uyg‘unlashib ketgan.

tadbir3

Bugun Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining turk, fors, rus, ingliz, fransuz va boshqa tillarga tarjimalarini hamda tadqiqotlarini jamlasa, yuzlab jild kitob bo‘lishini, biroq bu borada hali qilinishi lozim ishlar anchaligini ta’kidlab so‘zini yakunladi, o‘zbek adabiyoti o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti Abbos Tursunqulov.

 Ma’ruza chiqishlardan so‘ng, tadbirning asosiy qismi boshlandi. Bunda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga bag‘ishlangan slaydlar, videoroliklar, O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabalari tomonidan she’rxonliklar, Musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan shoirlar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari hamda kuy-qo‘shiqlarning namoyish etilishi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. 



Ulashish:
1 278
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU–Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligi amalda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
JDPU professor-o‘qituvchilari uchun “Olimlarga ehtirom” shiori ostida jamoaviy hordiq tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar uchun jamoaviy dam olish tadbiri o‘tkazildi.
JDPUda “Har shanba — uzluksiz kasbiy rivojlantirish kuni” doirasida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Har shanba — uzluksiz kasbiy rivojlantirish kuni” deb e’lon qilingan tashabbus doirasida professor-o‘qituvchilar uchun navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet Madaniyat...