Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/04/2025
Chop etish
JDPUning eng mehnatsevar, ham kitobsevar ustozi, “Matematika o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti Alishev Abdumannon muborak 75 yoshni qarshi olmoqda.
Mohir pedagog, tajribali ustoz, 1950-yilda Jizzax shahri “Hayrabod” mahallasida tug‘ilgan.

Bugun Matematika va informatika fakultetida shu munosabat bilan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda professor-o‘qituvchilar va ustozning ko‘plab shogirdlari, ziyolilar ishtirok etdi. Tadbir avvalida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘.Qodirov yubiley sababchisiga universitet rektori, professor Shavkat Sharipovning tabrigini o‘qib eshittirdi, ishtirokchilar ustozni muborak yoshi bilan qutlashdi.

Ta’kidlash joiz ustoz bundan roppa rosa 50 yil avval 1975-yil 18 sentyabrda Jizzax davlat pedagogika institutida ish boshlagan. Tadbirda so‘zga chiqqan safdoshlar, shogirdlar ustozning insoniylik fazilatlari, kasbiga bo‘lgan sadoqati va muhabbatini alohida ta’kidlashdi.

Universitet kasaba uyushmalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan zarbof to‘n va sovg‘alar fakultet jamoasi ishtirokida tantanali ravishda topshirildi.


Ulashish:
730
Boshqa rubrikalarda mashhur

Rektor pedagogika, psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Unda ta’lim yo‘nalishlari, inklyuziv ta’lim mazmuni hamda imkoniyati cheklanganlar bilan ishlashning muhim jihatlari haqida ma’lumot berilib, startap loyihalar, amaliy tajriba va hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar...
“Amir Temur vorislari” musobaqasi — yoshlar jasorati va birdamligi namoyoni.
Jizzax davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining universitet bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida rektor va talabalar uchrashuvlari davom etmoqda.
Navbatdagi ochiq muloqot magistratura bo‘limi magistrantlari hamda tarix fakulteti talabalari bilan o‘tkazildi.