Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

JDPUda yashil makon yaratishga kirishildi

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish mavsumiga start berildi.

Mavsum boshlanishi munosabati bilan dastlab 2000 ta mevali va manzarali ko‘chatlar keltirildi. Ayni paytda universitetning Bo‘ston shaharchasida joylashgan Sirtqi bo‘lim hamda Kuyovboshi mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Matematika va informatika fakulteti hududida ko‘chat ekish ishlari boshlab yuborildi.

Ushbu mavsum davomida universitet hududida 20 turdagi manzarali va mevali daraxt va buta ko‘chatlari hamda qalamchalarni ekish belgilangan.