“Tenglikka hurmat” shiori ostida xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan o‘quv-seminarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati N. Muxtorova, Ombudsmanning Jizzax viloyatidagi vakili O‘. Jo‘rayev hamda viloyat hokimi o‘rinbosari G. Normurodova ishtirok etib, mavzu yuzasidan muhim fikr-mulohazalar bildirdilar.
Seminar davomida ayollar huquqlarini himoya qilish, gender tenglikni ta’minlash va zo‘ravonlikning oldini olish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan huquqiy savodxonlikni oshirish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish va hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.







