Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/03/2026
Chop etish
JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening tashkil etildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi va O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari uchun seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi katta o‘qituvchisi Ravshan Djurayevich Ishmuhamedov ma’ruza bilan ishtirok etdi.

U “O‘quv mashg‘ulotiga kirish, kuzatish va tahlil qilish texnikasi” mavzusida so‘z yuritib, darslarni samarali tashkil etish hamda tahlil qilishning zamonaviy yondashuvlari haqida fikr bildirdi.

Seminar-trening davomida JDPU mentori Dilshod Haydarov “STEAM ta’limining ilmiy-amaliy asoslari” mavzusida ma’ruza qildi.

Tadbirda zamonaviy ta’lim metodlari, innovatsion yondashuvlar va dars jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Seminar ishtirokchilari uchun mazkur trening pedagogik faoliyat sifatini oshirish va tajriba almashish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.


Ulashish:
38
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi va O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari uchun seminar-trening o‘tkazildi. Tadbirda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti...
Xotin-qizlar maslahatchilarining kasbiy kompetensiyalarini oshirishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilar uchun psixologik seminar-trening tashkil etildi.
JDPUda “Speaking Club” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalarining xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ingliz tilida erkin muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida universitet rektori tashabbusi bilan “Speaking Club”...