Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

JDPUda O‘qituvchilar va murabbiylar kuni nishonlandi

Bugun yurtimizda ulkan tantana. Ustoz va murabbiylar bayrami nishonlanmoqda. Jizzax davlat pedagogika universitetida ham bayram har qachongidan ham keng va fayzli nishonlandi. Universitet madaniyat saroyiga taklif etilgan faxriylar, professor-o‘qituvchilar o‘zlarining yutuqlari bilan turli tanlovlarda g‘olib chiqqan pedagoglar bayramni shodu-xurramlik bilan kutib oldilar.

Tadbirni ochib bergan universitet Yoshlar masalalari, maʼnaviy-rma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov davlat rahbari Sh.M.Mirziyoevning tabrik xatini o‘qib berish bilan bir qatorda  yig‘ilganlarni bayram bilan muborakbod etdi.

Shundan so‘ng  “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tashkillashtirilgan teatrlashtirilgan bayram shodiyonasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bayram arafasida professor-o‘qituvchilar uchun o‘tkazilgan sport musobaqalarida g‘olib bo‘lganlarni Ta’lim sohasida namunali faoliyat yuritib kelayotgan o‘qituvchi va murabbiylarni fidokorona xizmatlari uchun esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Bayram tadbirida iqtidorli talabalar hamda xushovoz xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarni xushnud etib, bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.