Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Gender tengligi
Gender tengligi
|
26/09/2025
Chop etish
JDPUda “Oilada tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar, ularga himoya orderi berish tartibi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Z. Kasimova tashabbusi bilan Filologiya fakulteti 2-kurs talaba-qizlari ishtirokida “Oilada tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar, ularga himoya orderi berish tartibi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda fakultet tyutori J. Nosirova ham ishtirok etdi.

Suhbat davomida Z. Kasimova mamlakatimizda gender zo‘ravonligiga qarshi kurash, oilaviy zo‘ravonliklarni bartaraf etish, gender tengligini ta’minlash yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlar va qabul qilingan qonunchilik hujjatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, himoya orderining mazmuni, uni olish tartibi, kimlarga va qanday holatlarda berilishi, shuningdek tazyiq va zo‘ravonlikka olib keluvchi omillar hamda ularga nisbatan belgilangan javobgarlik masalalari haqida tushunchalar berildi.

Tadbir davomida talaba-qizlarni shilqimlik, nojo‘ya munosabat va turli tazyiqlardan himoya qilishning huquqiy va tarbiyaviy jihatlari ham alohida ta’kidlandi.

Suhbat talaba-qizlarning huquqiy madaniyatini mustahkamlash, o‘z huquq va erkinliklarini bilish, hamda ulardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.


Ulashish:
271
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda “Talaba – yugur” musobaqasi oldidan tayyorgarliklar yakuniga yetdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Talaba – yugur” ommaviy sport musobaqasiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in tarzda olib borildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Nuroniylardan talabalarga kitob sovg‘asi” nomli xayrli aksiya tashkil etildi.
Ushbu tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
“Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovining universitet bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda 40 dan ortiq talaba o‘z loyihalari bilan ishtirok etdi. . Talabalar o‘z g‘oyalarini hay’at a’zolariga taqdimot shaklida taqdim etdilar.