Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/07/2023
Chop etish
JDPUda kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.

Bugun, 25-iyul kuni alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari boshlandi.

 

Jizzax davlat pedagogika universitetida mavjud 4 ta alohida iqtidor talab etadigan yo‘nalishga 1400 mingga yaqin abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. Bugun 6Tasviriy saʼnat va muhandislik graqfikasi taʼlim yo‘nalishiga imtihonlar boshlandi.

 

Abiturientlarning xavfsizligi va sog‘ligini asrash uchun barcha choralar ko‘rilgan. Universitet hududiga kirishda ota-onalar uchun maxsus joylar tashkil qilinib abiturientlarning ota-onalari va yaqinlari bemalol imtihonlarni kuzatib borishlari uchun zarur sharoitlar yaratildi. Taʼkidlash joiz, Imtihonlarni shaffof va adolatli o‘tkazish maqsadida imtihon oluvchi mutaxassislar yurtimizning boshqa OTMlaridan jalb etilgan.

Rektor bo‘lajak talabalarga omad tiladi…

 “Bugungi kun barchangizga albatta omad olib kelishini istayman. Qatʼiyat va ishonch bilan oliy dargoh ostonasiga qadam qo‘ygan yoshlar barchangizga talaba bo‘lish baxti nasib etsin.”-deydi universitet rektori Sh.Sharipov

 Hayajonli va masʼuliyatli lahzalar

Jasur Ashirqulov 45 yoshda u bugun Tasviriy saʼnat va muhandislik grafikasidan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshirish uchun kelgan. Adashmadingiz, biz ham Jasur Ashirqulovni biron bir abiturientning otasi bo‘lsa kerak degan taxmin bilan suhbatga chorladik.


“O‘zim ham abiturientman, uzr biroz hayajondaman lekin savollaringizga bemalol javob beraolaman. Bolaligimdan saʼnat yo‘lini tanlaganman qo‘shiq kuylayman, rasm chizaman. Ayni paytda shu yo‘nalishda yosh o‘quvchilarga dars ham beraman.ayrim sabalarga ko‘ra oliy taʼlimda o‘qish nasib etmadi. “Beshikdan to qabrgacha ilm izla” degannaqlag amal qilib bugun imtihonlarga keldim. Ilm olishda davom etmoqchiman, haliyam kech emas deb o‘ylayman. Agar talaba bo‘lsam eng katta oro‘zularimdan biri amalga oshgan bo‘lar edi”-deydi Jasur Ashirqulov.

 Men talaba bo‘laman…

Kamola o‘tgan yili ham shu yo‘nalishga hujjatlarnii topshirgan. Test sinovlaridan o‘ta olmagan abituriyent qizimiz bu yil qattiq tayyorlanganini va albatta shu oliygoh talabasi bo‘lish uchun astoyidil harakat qilishini taʼkidladi. Kamolaning shashti baland, kayfiyat aʼlo bu esa albatta unga imtihonlarda qo‘l keladi.

 

Kutish lahzalari…

 Imtihonlarga tayyorlanish muddatining mashaqqatlarini yengib o‘tgan abiturientlar, sinov kunlari yaqinlashganida kuchli hayajonni boshdan kechiradilar. Ular bilan birgalikda yaqinlarida ham shu holat seziladi. Imtihon kuni abituriyentllarning ota-onalari “Qizim yoki o‘g‘lim Imtihonlarni yaxshi topshirilmasa nima bo‘ladi?”, “Tanishlarga nima deyman”, “O‘rtoqlaridan qolib ketmasmikin?” shu va shunga o‘xshash savollardan iborat o‘ylar ularni qayg‘uga soladi. Siz tasvirda ko‘rib turgan ota-onalar ham ana shu o‘ylar girdobida farzandlarini kutib o‘tirishibdi. Ana shu stresslarni yengish, ularga ichki xotirjamlik va ajoyib kayfiyat ulashish uchun  yechim topildi. Iqtidorli talaba yoshlar ishtirokida kichik badiiy va musiqiy chiqishlar tashkil etildi.


Ulashish:
912
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.