Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

JDPUda  1 kursga qabul qilingan talabalar uchun “Talabalikka bag‘ishlov” tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi

Tadbirni  JDPU rektori Sh.S.Sharipov ochib berib, pedagogika oliygohi ostonasiga qadam qo‘yayotgan birinchi bosqich talabalarini  o‘qishga qabul qilinganliklari bilan tabriklab ularga omad tilab o‘tdi. Universitet iqtidorli talabalari talabalikka tavsiya etilgan tengdoshlarini qutlash bilan bir qatorda  yaqin kunlarda 50 yillik yubiley to‘yini nishonlash arafasida turgan bu muqaddas dargoh turli yo‘nalishlarda o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun  imkoniyatlar taqdim etuvchi ta’lim maskani ekanligini ta’kidlab o‘tishdi.