Sportning voleybol turi bo‘yicha Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining qizlar va o‘g‘il bolalar jamoalari o‘zaro kuch sinashdilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Jizzax davlat pedagogika universitetining “Ziyokor” qizlar va o‘g‘il bolalar jamoalari faxrli 1-o‘rinni egallab, musobaqa kubogi sohibiga aylandi.

Tadbirda O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev va Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor G‘ayrat Qodirov ishtirok etdilar.
