JDPU da ko‘zi ojiz abiturientlar uchun imtihonlar boshlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetiga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan sakkiz nafar ko‘zi ojiz abiturientlar uchun komissiya ishtirokida imtihonlar boshlandi.
Ochiqlik, shaffoflik va adolatni ta’minlash maqsadida sinovlarga abiturientlarning ota-onalari ham taklif etilib ular bevosita jarayonni kuzatib borishmoqda.
Ayni paytda abiturientlar majburiy blokdan biri ona-tili fanidan og‘zaki savol-javoblarda ishtirok etishmoqda. Javoblar besh balli tizim asosida baholanadi. Imtihonlarda O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati Jizzax viloyati bo‘limi hamda Sayiljoyi akademik litseyidan vakillar ishtirok etishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, hukumatning 2017 yil 20 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, ko‘zi ojiz abiturient imtihonda har bir fandan kamida “3” baho olsa, o‘qishga kirgan hisoblanadi.