Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

JDPU da kasbiy(ijodiy) imtihon jarayonlaridan  xabar qilamiz.

Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning uchinchi kuni. Xabaringiz bor universitetda ijodiy imtihonlar tasdiqlangan jadval asosida 2022 yil 30 iyuldan 8 avgustga qadar bo‘lib o‘tishi belgilangan. Ta’kidlash joiz oliygohda ijodiy imtihonlani o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Imtihonlar  shaffof va xolis o‘tishi to‘liq ta’minlangan. Imtihon topshirayotgan abiturientlar, ota-onalar,  o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalarini bir kundan so‘ng jdpu.uz rasmiy  veb saytidagi  http://qabul.jdpu.uz/ijodiyresults havola orqali bilib olish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.  Ijodiy (kasbiy) imtihonlarda to‘plagan ballaridan norozi bo‘lgan abiturientlar  murojaatlari esa  oliygohda tashkil etilgan Appelyatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. 1 avgust holatiga oliygoh appelyatsiya komissiyasiga abiturientlardan  9 ta shikoyat ariza tushgan. Ushbu murojaatchiliraning arizalari shu kunning o‘zida komissiya a’zolari tomonidan ko‘rib chiqildi. Ariza bilan murojat qilgan abiturientlarga xato va kamchiliklari ko‘rsatilib, adolat mezonlari asosida natijalar e’lon qilindi. N.Ergasheva Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi  yo‘nalishi bo‘yicha ijodiy imtihon topshirgan abiturientlardan biridir. N.Ergasheva  rang tasvir yo‘nalishi bo‘yicha o‘ziga qo‘yilgan ballardan norozi bo‘lgani bois oliygoxning appelyatsiya komissiyasiga shikoyat ariza yozgan. Murojaatchi o‘z e’tirozini  shunday izohlaydi “Uch yildan beri oliy ta’limga hujjat topshiraman. Uch yildan beri omadim chopmaydi. Bu yil appelyatsiya komissiyasiga ariza yozdim. Menga rang tasvir  yo‘nalishi bo‘yicha kutganimdan kam baho qo‘yilgan deb o‘ylayman. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun berilgan 1,5 soat  vaqt ham biz abiturientlar uchun kamlik qildi,”- deydi N.Ergasheva. Odatda shikoyatchilar doimo o‘zlarini haq deb bilishadi. Abiturient qizimizning kuyinchaklik bilan bildirgan e’tirozi sabab  appelyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish jarayonida ishtirok etishni  istadik. Suhbat davomida mutaxassislar murojaatchi N.Ergashevaning xato va kamchiliklari ko‘rsatib,  unga  asosli  baho  qo‘yilganini aytishdi. Eng asosiysi   murojaatchi N. Ergasheva ham o‘z xatolarini tan oldi. Appelyatsiya komissiya a’zolarining xulosasiga ko‘ra N.Ergashevaning kasbiy (ijodiy) imtihonlardan to‘plagan ballari o‘zgarishsiz qoldirildi. Talaba bo‘lish istagida bo‘lgan yoshlar, kasbiy (ijodiy) imtihonlarga doir yangiliklardan o‘z vaqtida boxabar bo‘lib borish uchun jdpu.uz sayti  va https://t.me/jdpuuz  telegramm kanallariga muntazam e’tibor qaratib borishlarini so‘rab qolamiz. Ushbu rasmiy sahifalarimiz orqali mavzuga oid barcha xabarlar  e’lon qilinadi. Bizni kuzatishda davom eting. Jizzax davlat pedagogika universiteti axborot xizmati