Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

JDPI akademik litseyida“YOSHLAR DAFTARI”ga kiritilgan yoshlar va maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim muassasalariga BEPUL tayyorlov kurslarining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Bundan ko’zlangan maqsad ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamdagi yoshlarni sifatli ta’lim bilan ta’minlash va kelajakda o’z yo’lini topib ketishiga yordam berish. Tadbirni Jizzax davlat pedagogika instituti rektori Sh. Safarov kirish so’zi bilan ochib berdi. Shundan so’ng JDPI akademik litseyi, F. Soliyeva va Yoshlar agentligi viloyat boshqarmasi boshlig’i D. Xudoyshukurov nutq so’zladi. Litsey rahbari o’z nutqida jamoasining qo‘lga kiritgan yutuqlari va bunday xayrli ishni tashkil etishdagi maqsad va vazifalar haqida to‘xtaldi, shuningdek, o‘qituvchilar jamoasining bunday mas‘uliyatli, savobli ishlarni bajarishga har doim tayyor ekanligini ta‘kidladi. Tadbir qiziqarli va tantanali ruhda o’tdi. Loyiha doirasida 200 dan ortiq yoshlar qamrab olindi. Ularning har biriga tegishli fan yo’nalishlari bo’yicha JDPI akademik litseyining tajribali o’qituvchilari biriktirildi. Jumladan, Butunjahon biologiya olimpiadasida (IBO) o’quvchisi kumush medal sovrindori bo’lgan Abduvohidov Bozormurod, 2020-2021 o’quv yilida oliy ta’lim muassasasiga o’quvchilari kirish bo’yicha 100 foizlik natijaga erishgan To’rayev Azamat singari singari o’z ishining ustasi bo’lgan ustozlar o’quvchilarga saboq berishi aytib o’tildi. Tadbir Jizzax davlat pedagogika instituti, JDPI akademik litseyi, Yoshlar agentligi viloyat boshqarmasi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o’tkazildi.