Jizzax davlat pedagogika universiteti Rus tili va adabiyoti fakulteti ikkinchi bosqich talabalari ishtirokida o‘tgan ma’rifat soati ana shu mavzuga bag‘ishlandi.
Tadbirda rektor maslahatchisi, Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi vakili hamda universitet psixologi talabalarga diniy, ijtimoiy va huquqiy me’yorlarga oid muhim ma’lumotlarni yetkazdilar.





Dars davomida Islom tinchlik dini ekanligini, uning tamoyillari jamiyatda barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilishi, yosh avlodning ma’naviy immunitetini shakllantirishda oilaning roli va qizlarning ta’lim olishi muhim ekanligi ta’kidlandi.






Shuningdek, tadbirda ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy holatlar, bilib-bilmay turli oqimlarga kirib qolmaslik, ogoh bo‘lish xususida so‘z bordi. Ma’rifat soatiga universitet psixologi tomonidan tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlar yakun yasadi. Unda talabalarga, o‘z-o‘zini himoya qilish instinkti va tahdidlarni aniqlash qobiliyatini rivojlantirish usullari o‘rgatildi.