Institutda “Ustoz-shogird an’analari” nomli ijodiy ishlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika instituti Fizika va texnoologik ta’lim fakulteti Tasviriy sa’nat va muhandislik grafikasi kafedrasi tomonidan tashkillashtirilgan “Ustoz-shogird an’analari” nomli ijodiy ishlar ko‘rgazmasida iqtidorli talabalar va professor-o‘qituvchilarning yil davomida qilingan ijodiy ishlari namoyish etildi.”Yoshlar oyligi doirasida o‘tkazilayotgan ijodiy ishlar ko‘rgazmasinining rasmiy qismini institut rektori Sh.Sharipov ochib berdi.
-Bugungi ko‘rgazmada institutda tahsil olayotgan talaba yoshlarimiz bilan bir qatorda professor-o‘qituvchilarning bir so‘z bilan aytganda ijodkorlarning 100 dan ortiq ijod mahsuli namoyish etilmoqda,- deydi institut rektori Sh.Sharipov – Ko‘rgazmada yurtimiz go‘zalligi, keyingi yillarda bo‘layotgan o‘zgarishlar aks etgan ijodiy ishlarni, namunalarni ko‘rdik. O‘zida tabiat ajoyibotlarini, ezgu xislatlarni his qilib, uni rang-tasvirda ifodalashga uringan, qalbida vatanga muhabbati bor, qo‘li bilan go‘zallik yaratuvchilariga faqat omad tilayman.
Ko‘rgazma davomida mehmonlar talaba yoshlarning ijodiy ishlari bilan birma-bir tanishib chiqishdi. O‘z navbatida ishtirkochilar ham ijodiy ishlari va yutuqlari to‘g‘risida ma’lumot berishdi. Oliygoh hovlisida tashkil etilgan ko‘rgazmada 500 dan ortiq yoshlar va san’at shaydolari ishtirok etishdi.