Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/04/2020
Chop etish
Insoniylikka qo`yilgan qadam!

Bir sahrolik kishiPayg`ambarimizhuzurlariga kelib,“Ey Allohning  rasuli, men eng yaxshi inson bo`lishni xohlayman. Nima qilsam bu martabaga erishaman”-desa,Payg`ambarimiz “Insonlarga  (jamiyatga ) foydali bo`l, eng yaxshi inson bo`lasan” deydilar.

Zero insonning kim ekanligi, mashaqqat va sinovli kunlarda ko`rinadi. Bugun butun dunyoni tahlikali vaziyatga solib qo`ygan, minglab insonlarning boshiga og`ir kunlarni solayotga koronavirus pandemiyasi ming afsuski bizning  yurtimizni ham chetlab o`tmadi. Murakkab jarayonlarni bartaraf etish xalqni ta`minlash, iqtisodiyotni qo`llab-quvvatlash, vaqtincha ishlamayotgan  oilalarni og`irini yengil qilish maqsadida davlatimiz rahbari, o`zbek xalqining tarix va ma`naviy qadriyatlarini mehr – saxovat , oqibat va himmat kabi  yuksak fazilatlarini inobatga olgan holda , “Saxovat va ko`mak” umumxalq harakatini yo`lga qo`ydilar. Bu harakat o`zbek xalqining bir-tanu, bir-jon ekanligini yana bir bor isbotladi.Saxovatpesha  tadbirkorlarimiz, fermerlarimiz, jonkuyar ziyolilarimiz, davlat va jamoat  xodimlarining xayr- ehsonlari bugun odamiylikka qo`yilgan qadam bo`ldi.  Yurtboshimizning  olib borayotgan siyosatlari nafaqat yon atrofimiz  bilan cheklanib qolmay, balki chekka- chekka qishloqlardagi karantin sababliijtimoiy himoyaga muhtoj, ko`p farzandli oilalarni, nogironligi bo`lgan shaxslarni,  xatto o`z daromatini yo`qotgan vaqtincha  ishsiz  aholini ham e`tibordan chetda qoldirmadi. Birgina insonning  o`zi,hamdavlat siyosati,ham  COVID-2019 bilan ayovsiz  kurash,  har qadamimiz tahlikali bo`lgan vaziyatda ham, aholining og`irini yengil qilish, kuni kecha  Buxoro viloyati Qorako`l va Olot tumanida yuz bergan tabiiy ofatda, xalq bilan birga bo`lib, sinovli kunida yonma- yon turishlari,rosti yuragimni  jumbushga keltirdi. Muhtaram Prezidentimizning  “Men uchun har bir qishloq, har bir mahalla, har bir  ko`cha aziz ” degan so`zlarini eshitib, bolaligim o`tgan tuproq ko`chalar ko`z oldimda gavdalandi.“Mehnat qilamiz , jipslashamiz… Aziz xalqimni qutqarish, men uchun ham qars, ham farz ” deya ta`kidlashlari ota- onam,aka-ukalarim, qarindosh- urug`larim, salomatliginio`ylab yo`qolgan halovatimni topishga yordam berdi.Yaqinlarimiz holidan xabar ololmayotgan bir paytimizda yurtboshimizning ular oldida  bo`lishlari  menkabi musofirlar yuragiga behisob taskin berdi. Ishonamanki, bizning sabr – bardoshli xalqimiz, doimo xalqi bilan birga bo`layotgan odil Prezidentimiz bor ekan, har qanday sinovni yengamiz. Bu yo`lda  birdam bo`lib, qo`lni –qo`lga berib, o`z imkoniyatidan kelib chiqqan holda harakat qilish menimcha Vatanim , yurtim deydigan har bir fuqaroning vijdoniy burchidir. Aziz yurtdoshlar! Keling, muborak Ro`zai Ramozon oyida bir yoqa- yeng bo`lib, “Saxovat va ko`mak” umumxalq harakatiga birlashaylik. Zero Tangri ko`rguchi va bilguchidir!

 

Bu yurt, aviyolar yurtidir hamon,

Sinovlardan sabring sinmasin qalbim,

Yetti pir qo`llagay, Naqishband bobom.

Ortingda yurtboshing turibdi xalqim!

Xalq deputatlari Jizzax shahar

Kengashi deputati Feruza Soliyeva.     


Ulashish:
1 151
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi ishchi guruhi tomonidan Jizzax davlat pedagogika universitetida narkojinoyatlarning oldini olish hamda psixotrop moddalarning...
G‘oliblarga munosib e’tirof: JDPU talabalari Turkiyada ijodiy-ma’rifiy safarda
“Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchi talabalar hamda ularning murabbiylarini rag‘batlantirish maqsadida Universitet rektorining tashabbusi bilan Turkiya Respublikasiga...
JDPUda nomdor davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash davom etmoqda
Unda talabgorlar bilan “Davlat tili” (o‘zbek tili) fani bo‘yicha suhbat tashkil etildi.