Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Informatika va axborot texnologiyalari fani bо‘yicha elektron о‘quv qо‘llanmalar yaratish texnologiyasi

Tangirov Xurram Ergashevich Jizzax davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi, (+998936502580, xurram_t@mail.ru)   Annotatsiya: Ushbu maqolada Informatika va axborot texnologiyalari fani bо‘yicha elektron о‘quv qо‘llanmalar yaratish texnologiyasi, dunyo aholisining internet tarmog‘i va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish darajasi haqidagi fikrlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: internet, ijtimoiy tarmoq, mobil ilova, informatika va axborot texnologiyalari, elektron о‘quv qо‘llanmalar, elektron ta’lim resurslari.   Bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasi juda tezlik bilan rivojlanib bormoqda, undan foydalanuvchilar soni ham shunga mos juda tez oshib bormoqda. Dunyo aholisi 2022 yil yanvar holatiga ko‘ra, 7,91 milliard kishini tashkil etgan va yillik o‘sish 1% ni tashkil qiladi. Dunyo aholisining yarmidan ko’pi (57%) shaharlarda yashaydi. Bugungi kunda dunyo aholisining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i (67,1%) mobil telefonlardan foydalanadi, 2022-yil boshiga kelib mobil foydalanuvchilar soni 5,31 milliard kishiga yetdi. O‘tgan yil boshidan buyon o‘sish 95 million foydalanuvchini tashkil etdi [4]. 2022 yil boshida, yanvar oyida dunyo bo‘ylab internetdan foydalanuvchilar soni 4,95 milliard kishiga yetgan, bu dunyo aholisining 62,5 foizi internetdan foydalanadi, degani. Shuningdek, yil boshida dunyo bo‘ylab 4,62 milliard ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi bor edi, bu butun dunyo aholisining 58,4 foizini tashkil etadi. Oxirgi 12 oy ichida global ijtimoiy tarmoq auditoriyasi 10 foizdan ko‘proqqa oshdi, 2021-yilda ijtimoiy tarmoqlarga 424 million yangi foydalanuvchi qo‘shildi [4]. Bundan ko‘rinib turibdiki, fanlar bo‘yicha, xususan, Informatika va axborot texnologiyalari fani bо‘yicha elektron о‘quv qо‘llanmalar, elektron ta’lim resurslarini yaratish va ularni Internet tarmog‘iga web-saytlar yaratish orqali joylashtirish, ijtimoiy tarmoqlarga kanallar, guruhlar, bloklar, alohida sahifalar yaratish orqali joylashtirish, mobil ilovalar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining PF-4947-sonli Farmonining toʻrtinchi Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish bandida “… umumiy о‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bо‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda о‘rganish; ta’lim muassasalarini qurish, ularni kompyuter texnikasi va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan jihozlash orqali moddiy-texnika bazasini mustahkamlash” [1] kabi dolzarb masalalar keltirib oʻtilgan. O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining PF-6079-sonli Farmoni orqali davlatimiz tomonidan ta’limga axborot texnologiyalarni joriy etish va ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha katta e’tibor qaratilayotganligini ko‘rishimiz mumkin [2]. Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalangan holda elektron darslik, elektron o‘quv qo‘llanmalar orqali dars jarayonini olib borish o‘quvchilarning bilim olish darajasini oshishiga xizmat qiladi. О‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish, ya’ni elektron о‘quv adabiyotlar yaratish bu boradagi muhim ishlardir. Bugungi kunda elektron о‘quv adabiyotlarini yaratish uchun oddiy algoritmik dasturlash tilidan tortib turli pedagogik dasturiy vositalar qо‘llanilmoqda. Bunday dasturlar yordamida va Internet texnologiyalaridan foydalanib fanlar bо‘yicha, shu jumladan, “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bо‘yicha elektron о‘quv qо‘llanma yaratish mumkin. Shu kunga qadar mashg‘ulotlarni tashkil etish uchun “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha multimediali о‘quv qо‘llanmalar, elektron ta’lim resurslari yaratilgan, shuningdek, ularning Internet versiyalar ham yaratilib, internet tarmog‘iga (www.edarslik.uz saytiga) joylashtirilgan. Elektron о‘quv qо‘llanmalar, elektron ta’lim resurslari quyidagi bо‘limlardan tashkil topgan: dastur tavsifi; mavzu mazmunini tanlash; mashg‘ulotni namoyish etish qobig‘i; amaliy topshiriqlar; grafik animatsiya; ovoz berish fayllari; matnli fayllar; nazorat dasturi (test dasturi). Ushbu elektron о‘quv qо‘llanma bir qator imkoniyatlarga ega: о‘quvchilar dasturning menyusi yordamida ixtiyoriy dars mavzusini tanlash va boshqa mavzuga tez о‘tish imkoniyatiga ega bо‘ladilar. Shuningdek, foydalanuvchilar oldingi va navbatdagi mavzularga о‘tish, taqdimotlarni kо‘rish, о‘rganilgan tushunchalarga tezkor о‘tish, glossariydan foydalanish, videodarslarni kо‘rish, krossvordlar yechish, mavzuga doir testlarni yechish orqali о‘z-о‘zini baholash kabi bir qator ishlar kо‘lamini osongina bajarishlari mumkin. Bu esa bunday imkoniyatlari bilan boshqa an’anaviy о‘quv qо‘llanmadan tubdan farq qiladi.   Foydalanilgan adabiyotlar:
  1. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasi tо‘g‘risida. (О‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tо‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda).
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020 y., 06/20/6079/1349-son).
  3. Tangirov X.E. Informatikani oʻqitishda elektron ta’lim resurslaridan foydalanish // “Informatika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’limini modernizatsiyalash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari toʻplami. Navoiy: NDPI, 2018 yil 25 may. 24-26 betlar.
  4. https://www.web-canape.ru/business/statistika-interneta-i-socsetej-na-2022-god-cifry-i-trendy-v-mire-i-v-rossii/ – sayt materiallaridan olindi.