Grippga qarshi emlash ishlari tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 12 noyabrdagi yig‘ilish bayoniga asosan 2020 yil 16 noyabrdan boshlab Respublikadagi oliy ta’lim muaasasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich an’anaviy shaklda boshlashga ruxsat berildi.
Shu jumladan Jizzax davlat pedagogika institutida ham o‘quv jarayonining an’anaviy shaklga o‘tishini inobatga olib, institutda mehnat qilayotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida koronavirus infeksiyasi hamda qishki mavsumda mavsumiy gripp kasalligining tarqalishining oldini olish, karantin davrida xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini muxofaza qilish hamda bu borada ularni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash institut ma’muriyati va kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkilotining asosiy vazifalaridan biri ekanligini nazarda tutgan holda, ularni grippga qarshi emlash ishlari tashkil etildi.
Grippga qarshi emlash jarayoni Toshkent shahrida joylashgan xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan vaksinava uni emlash bilan shug‘ullanuvchi muassasa bilan hamkorlikda sog‘liqni saqlash tizimida belgilangan tartib-qoidalarga rioya etgan holda tashkil etildi.
Dastlab fakultetlar va bo‘limlar kesimida o‘z hohishiga ko‘ra grippga qarshi emlashga roziligi to‘g‘risidagi professor-o‘qituvchilar va xodimlarning ro‘yxati shakllantirilib, ushbu ro‘yxat asosida institut Ibn Sino salomatlik markazi xonasida markaz xodimlari, yoshlar bilan ishlash bo‘limi hamda institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi a’zolari rahbarligida emlash ishlari yuqori saviyada tashkil etildi.
Institutda mehnat qilayotgan jami 300 nafar professor-o‘qituvchilar va xodimlarni grippga qarshi emlash tadbirlari uchun institut kasaba uyushmasi hisobidan jami 39990000 (O‘ttiz to‘qqiz million to‘qqiz yuz to‘qson ming) so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.
Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati.