Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
21/04/2022
Chop etish
E’LON

Tashqi Ishlar Vazirligining 2022-yil 4-apreldagi 18/10908-sonli xatiga muvofiq COMSTECH kotibiyati Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning yosh tadqiqotchilari, muhandislari, mutaxassislari va olimlari uchun Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning ilmiy-texnika taraqqiyotini ilgari surish, o‘zaro tajriba va bilim almashish uchun ilmiy stipendiyalar va qisqa muddatli treninglar tashkil qilmoqda.

Ayni paytda mazkur tanlov quyidagi oltita dastur uchun e’lon qilingan bo‘lib, tanlov to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot va ariza berish tartibi bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

1) COMSTECH Research Fellowship Programme: https://www.comstech.org/comstech-consortium-of-excellence-researchfellowships/

2) COMSTECH-Fellowships for Research and Advanced Training in Virology and Vaccine Technologies: https://www.comstech.org/comstech-fellowships/

3) COMSTECH Technicians Training Programme: https://www.comstech.org/comstech-program-for-training-of-technicalpersonnels/

4) COMSTECH-Research Fellowships for Least Developed Countries (LDCs) in OIC: https://www.comstech.org/comstechresearch-fellowships-for-least-developedcountries-2/

5) COMSTECH-Research Fellowships for Women Scientists in Least Developed Countries (LDCs) in OIC:  https://www.comstech.org/comstech-research-fellowships-for-women-scientistsldc-oic/

 

6) COMSTECH Scholarships and Research Fellowships for Palestinian Nationals. https://www.comstech.org/comstechscholarships-for-palestinian-nationals/

COMSTECH xalqaro aviachiptalarni va viza to‘lovini o‘z zimmasiga oladi. Qabul qiluvchi ta’lim muassasalari turar joy, yashash xarajatlari va stipendiya (ko‘zda tutilgan bo‘lsa) bilan ta’minlashi ma’lum qilingan.


Ulashish:
965
Boshqa rubrikalarda mashhur

Rektor olimpiadasi: Ingliz tili yo‘nalishida saralash bosqichi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘tkazilayotgan Rektor olimpiadasi doirasida ingliz tili yo‘nalishi talabalari uchun navbatdagi saralash bosqichi tashkil etildi.
Bitiruvchilar bandligi masalasiga bag‘ishlangan tahliliy-tanqidiy ruhdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda 2025–2026 o‘quv yilida bitirayotgan talabalarning ish bilan ta’minlanishini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
“Bitiruvchi – 2026”: bitiruvchilar bandligini ta’minlash yo‘lida muhim qadam.
Jizzax davlat pedagogika universitetining Bo‘g‘ishamol binosida Tarix fakulteti bitiruvchilari uchun “Bitiruvchi – 2026” mavzusida ish beruvchilar bilan uchrashuv hamda “Kelajakka qadam” dasturi ijrosiga bag‘ishlangan seminar...