O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talaba-yoshlar o‘rtasida “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlovning maqsadi:
• Xorijiy talabalar o‘rtasida o‘zbek tiliga qiziqishni oshirish;
• Davlat tilining xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada yuksaltirish;
• Talabalar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va madaniy aloqalarni mustahkamlash.
Tanlov bosqichlari:
1. Oliy ta’lim muassasalari bosqichi – barcha xorijiy talabalar o‘z universitetida ishtirok etadi.
2. Saralash bosqichi – eng sara nomzodlar keyingi bosqichga yo‘naltiriladi.
3. Respublika final bosqichi – yurtimiz bo‘ylab eng iqtidorli xorijiy talabalar ishtirokida o‘tkaziladi.
Ko‘rik-tanlovning oliy ta’lim tashkiloti va saralash bosqichlari g‘oliblari quyidagi shartlar bo‘yicha aniqlanadi:
1- shart: Tanishtirish – umumiy 100 ball;
2- shart: Esse yozish – umumiy 100 ball.
Ko‘rik-tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari quyidagi shartlar bo‘yicha aniqlanadi:
1- shart: Tanishtirish – umumiy 100 ball;
2- shart: Esse yozish – umumiy 100 ball;
3- shart: Erkin mavzuda badiiy chiqish – umumiy 100 ball.
G‘oliblar uchun mukofotlar:
• Diplom va faxriy yorliqlar;
• Qimmatbaho esdalik sovg‘alar;
Ishtirokchilar uchun talablar:
• Tanlovda faqat ona tili o‘zbek tili bo‘lmagan xorijiy talabalar qatnashishi mumkin;
• Nizom talablari asosida tayyorgarlik ko‘rish shart.
Muddatlar:
• Universitet bosqichi: 2025-yil 3-oktyabrdan 8-oktyabrga qadar
Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun universitet Xalqaro bo‘limi yoki Yoshlar masalalari, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.
