E’LON
Hurmatli Jizzax davlat pedagogika universiteti 10.00.01 – O‘zbek tili va 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy seminar aʼzolari!
Sizlarni 2024-yil 28-sentyabr kuni soat 1000da Jizzax davlat pedagogika universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tayanch doktoranti Axmedova Shoxista Saydiyevnaning “Omon Matjon ijodiy laboratoriyasini o‘rganish muammolari (shoir shaxsiy arxivi va nashrlari asosida)” (10.00.02 – O‘zbek adabiyoti) mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasining Jizzax davlat pedagogika universiteti 10.00.01- O‘zbek tili va 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosliklari bo‘yicha Ilmiy seminarda bo‘lib o‘tadigan muhokamasiga taklif etamiz.
Ilmiy rahbar: filologiya fanlari doktori Kuchkarova Marxabo Xudayberganovna
Rasmiy taqrizchilar: filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent Salimova Dilnavoz Akmalovna
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent v/b Xidirova Munavvara Rustamovna
Himoya tili: o‘zbek tili
Himoya platformasi: Oflayn, onlayn