Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.06.2020. Ped.113.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar muhokamasi
2021 yil 19 iyun soat 1000 da Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti bosh o‘quv binosi, 2-qavat, ma’ruzalar zalida ilmiy seminarning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi.
KUN TARTIBI:
- Tursunov Diyor Sunnatovichning 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Umumta’lim maktablari o‘quvchilarida g’oyaviy-mafkuraviy kompetentlikni rivojlantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi.
- Aliboev Turgun Chindalievich 00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Innovatsion ta’lim muxitida o‘quvchilarda kreativlik sifatlarini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi.