Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
E’lonlar
E’lonlar
|
11/10/2025
Chop etish
#DIQQAT #Qabul_2026_birinchi_chorak

Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026-yil uchun tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchi (PhD) va doktorantura va mustaqil izlanuvchi (DSc) yo‘nalishlari bo‘yicha qabul boshlandi.

Hujjat topshirish muddati:

2026-yil uchun tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) yo‘nalishlari bo‘yicha hujjatlar: 5-oktabrdan 5-noyabrgacha https://daraja.ilmiy.uz/ Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.

Ixtisoslik yo‘nalishlari va ajratilgan kvotalar soni:

🌀 02.00.02 – Analitik kimyo (PhD – 3 ta, DSc – 1 ta);
🌀03.00.05 – Botanika (PhD – 3 ta);
🌀07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (PhD – 1 ta);
🌀 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (PhD – 1 ta);
🌀 10.00.01 – O‘zbek tili (PhD – 1 ta, DSc – 1 ta);
🌀 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (PhD – 1 ta, DSc – 1 ta);
🌀 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (PhD – 1 ta);
🌀 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (PhD – 1 ta);
🌀 11.00.01 – Tabiiy geografiya (PhD – 1 ta);
🌀 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (PhD – 2 ta, DSc – 1 ta);
🌀 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha) (PhD – 4 ta);
🌀13.00.03 – Maxsus pedagogika (PhD – 1 ta);
🌀 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (PhD – 2 ta);
🌀 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi
(PhD – 1 ta);
🌀 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (PhD – 1 ta);ℹ️ Batafsil ma’lumot, hujjat topshirish tartibi va talablar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining daraja.ilmiy.uz. Yagona elektron tizimida berilgan.

📌 Murojaat uchun:

Jizzax davlat pedagogika universitetining Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash boʻlimi

Manzil:

130100. Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sh. Rashidov koʻchasi, 4-uy.

☎️Telefon: (0372) 226-68-11

🖥 Veb-sayt: https://jdpu.uz/#

ESLATMA:

Tanlovda ishtirok etish tartiblari,  topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli qarori uchun havola: https://lex.uz/docs/-3213410?ONDATE=01.01.2023%2001


Ulashish:
1 184
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda professor-o‘qituvchilar uchun navbatdagi uzluksiz kasbiy rivojlanish mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar uchun har shanba kuni o‘tkazilayotgan uzluksiz kasbiy rivojlanish kunlari doirasida “Bilim va o‘zlashtirishni baholash uchun test topshiriqlarini ishlab chiqish...
Kembrij universitetida o‘tkazilgan seminar xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishga xizmat qildi.
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 25–31-yanvar kunlari Buyuk Britaniyaning Kembrij universitetida Markaziy Osiyo oliy ta’lim muassasalari rahbarlari uchun xalqaro seminar bo‘lib o‘tmoqda.
JDPUda kasbiy rivojlanish seminarlari davom etmoqda. Ravshan Jo‘rayevich bilan hamkorlik davom ettiriladi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida professor-o‘qituvchilar uchun shanba kunlari uzluksiz kasbiy rivojlanish kunlari etib belgilangan bo‘lib, mazkur kunlarda respublikadagi taniqli olimlar va ekspertlar ishtirokida o‘quv seminarlari...