Jizzax davlat pedagogika universitetida Ilmiy va innovatsion g‘oyalar, loyihalarni saralab olish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2023 yil 19 apreldan 3 mayga qadar “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni o’tkaziladi. Universitet talabalari quyidagi yo`nalishlardagi loyihalar bilan ishtirok etishlari mumkin:
Qishloq xo‘jaligi
Tibbiyot va biotexnologiya
Energetika
IT-texnologiya
Geologiya, geofizika
Fizika va kimyo
To‘qimachilik va yengil sanoat
Kimyo texnologiyalari
Mashinasozlik
Oziq-ovqat sanoati
Ijtimoiy texnologiyalar (atrof-muhit, sport va ta’lim yo‘nalishlari)
Turizm.
Loyiha egalari yakka tartibda yoki 3 kishigacha jamoa ko’rinishida bo’lishi mumkin bo’lib, loyiha g’oliblari quyidagi sovrinlarni qo’lga kiritishlari mumkin:
1-o’rin: 10 000 000 so’m
2-o’rin: 8 000 000 so’m
3-o’rin: 6 000 000 so’m
Ro’yhatdan o’tish uchun manzil: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSe3RX60E7qs-2dp3CNwg1Uhat_-Awt0Q5zs78sqc0FqGH4kiA/viewform?usp=sf_link
https://t.me/STEAM_JDPU
