Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Rektor yordamchisi

Asosiy funksiya va vazifalari

Rektor yordamchisining lavozim vazifalari:

  • Kelib tushgan, jo’natiladigan va ichki hujjatlar rektorga ma’lum qilinishi uchun ularning o’z vaqtida ko’rib chiqilishini ta’minlash;
  • Rektorning topshirig’i bo’yicha hujjatlarning o’z vaqtida ijro etilishini nazorat qilish;
  • Rektorat yig’ilishlarining ishini tashkil etishni ta’minlash, majlislarda bevosita qatnashish hamda qabul qilingan qarorlar va rektorning ko’rsatmalari bajarilishini nazorat etish;
  • Rektorning respublika, yuqori tashkilotlarida qiladigan ma’ruzalari va axborotlari uchun rektor ko’rsatmasiga binoan dekanatlar, bo’limlar va xizmatlarning axborotini yig’ish va umumlashtirish;
  • Yuqori tashkilotlarning talablariga binoan ma’lumotnomalar tayyorlash va imzolash uchun rektorga taqdim etish;
  • Rektor tomonidan fuqarolarni qabul qilishda ishtirok etishi va qabul qilingan qarorlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi hamda Vazirlik buyruqlari bilan belgilangan lavozim vazifalarini talab darajasida bajarilishi va ijro-intizomiga rioya qilinishi;
  • OTMsi tarkibiy bo’linmalarini aylanib chiqish hamda ularning ishlarini tekshirish chog’ida rektorga hamrohlik qilish, u bergan farmoyishlarning ijro etilishini nazorat qilish

Xodimlar