Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Buxgalteriya

Asosiy funksiya va vazifalari

Bosh hisobchining asosiy vazifalari:

  • buxgalteriya hisobini mazkur yo’riqnoma va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish;
  • buxgalteriya hujjatlarini o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qilish;
  • byudjet mablag’larini, shuningdek budjetdan tashqari mablag’larini xarajatlar smetasida ko’zda tutilgan muayyan maqsadlarga to’g’ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag’lari va moddiy qiymatlarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish;
  • tashkilotda xodimlarning ish haqlarini va unga tegishtirilgan to’lovlarini, shuningdek ta’lim muassasalarida talabalarning stipendiyalarini belgilangan tartibda hamda o’z vaqtida hisoblab chiqishni nazorat qilish;
  • smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirish;
  • pul mablag’lari, hisob-kitoblar va moddiy qiymatlar, shuningdek, boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashish, inventarizatsiya natijalarini o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish;
  • moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy qiymatlarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan tushuntirish ishlarini o’tkazish;
  • moddiy qiymatlarni olish uchun berilgan ishonchnomalarning hisobini yuritish va ulardan to’g’ri foydalanishni nazorat qilish;
  • moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish;
  • asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qiymatlarni ularning saqlanish va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilish;
  • bosh hisobchi tashkilotni tegishli bo’linmalari va xizmatlarining rahbarlari bilan birgalikda quyidagilarni muntazam ravishda nazorat qilishi shart;
  • tovar-moddiy qiymatlarning qabul qilinishi va topshirilishini rasmiylashtirishda belgilangan qoidalarga rioya etilishini;
  • mehnatga haq to’lash jamg’armasini to’g’ri sarflanishi, mansab maoshlarining to’g’ri belgilanishi, shtat, moliya va kassa intizomiga qat’iy rioya etilishi;
  • pul mablag’lari, tovar-moddiy qiymatlar, asosiy fondlarni inventarizatsiya qilish, hisob-kitob va to’lov majburiyatlarini bajarishning belgilangan qoidalarga rioya etilishini;
  • belgilangan muddatlarda debitorlik qarzni undirib olinishini va kreditorlik qarzni qaytarilishi bo’yicha tegishli chora – tadbirlarni ko’rilishini, to’lov intizomiga muntazam rioya etishni;
  • Tashkilotlarning barcha bo’limlari (xodimlari) buxgalteriyaga buxgalteriya hisobini yuritish uchun kerak bo’ladigan barcha zaruriy hujjatlarni(buyruq va farmoyishlarning ko’chirmalarini, shuningdek turli xil shartnoma, to’lov hujjatlari va boshqalarni) o’z vaqtida taqdim qilishlari shart. Bosh hisobchi buxgalteriya hisobini kiritish uchun talab qilinadigan hujjatlar va ma’lumotlarni rasmiylashtirish va buxgalteriyaga taqdim qilishga doir talablarini o’z vaqtida bajarishga tashkilotning xodimlari majbur. Tashkilotlar qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda davriy moliyaviy hisobotlarni, shuningdek set, shtat va kontingentlar bo’yicha rejaning bajarilishi to’g’risida chorak va yillik hisobotlarni tuzadilar va topshiradilar.

Bosh hisobchi o’rinbosarining asosiy vazifalari:

  • Bosh hisobchi ayrim sabablar bilan yo’q bo’lganda uni bajaradigan ishlarini amalga oshiradi. Bosh hisobchi o’rinbosari buxgalteriyaning «bosh kitob» ni UzAsbo dasturida to’g’ri yurgizilishini amalga oshiradi, buning uchun buxgalteriyada qo’llaniladigan va amalga oshirilishi kerak bo’lgan memorial-orderlarni to’g’ri tuzilganligini tekshirib qabul qiladi va bosh kitobga yozib sintetik va analitik hisob bilan tekshirib chiqadi.
  • Bosh hisobchi tomonidan va rahbariyat tomonidan beriladigan buxgalteriya ishiga oid masalalarni, kassani to’satdan tekshirish, bajarilishi majburiy bo’lgan kassa qoldiqlarini har oy tekshirib dalolatnoma tuzish, joylarda asosiy vositalar, arzon va tez eskiradigan predmetlar hamda moddiy qiymatlarni ularning saqlanish joylari va foydalaniladigan joylarda butligini nazorat qilish ishlarida (inventarizatsiya o’tkazish) qatnashadi.
  • Oliy ta’lim muassasasida mavjud asosiy vositalar, tovar-moddiy qiymatlar, naqd pul mablag’lari, qimmatbaho qog’ozlar, qat’iy hisobda turuvchi blankalar va hokazolarning inventarizatsiyasini tashkil etish hamda o’tkazish.
  • Institut balansida turuvchi asosiy vositalar. Materiallar, arzon baho va tez eskiradigan buyumlar hisobini olib boradi. 159-hisob «Debitor va Kreditor» bilan olib boriladigan hisob-kitobni olib boradi. Institut bo’yicha yuritiladigan moddiy boyliklarni olish uchun beriladigan «ishonch qog’ozi berish» kitobini yuritadi va uning ustidan qattiq nazorat olib boradi.
  • Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar sanasi bo’yicha tartib qilinadi va, quyidagi: 6 – memorial order – turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob – kitoblar bo’yicha jamlanma qaydnoma, 408- son shakl. 9 – memorial order – asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va joydan joyga ko’chirilishi bo’yicha jamlanma qaydnoma, 386-son shakllarning yuritilishini nazorat qilish. 13-memorial order – materiallar sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 396-son shakllarni yuritilishini nazorat qilish.
  • Operatsiyalar hajmiga qarab jamlanma qaydnomalarni tuzish talab qilinmaydigan tashkilotlarda Subschotlar korrespondensiyasi alohida memorial orderlarda (274-son shakl) 2169-son yo’riqnomaning 35-bandida keltirilgan doimiy raqamlar berilib ko’rsatadi.
  • Alohida memorial orderlar operatsiyalarning sodir bo’lishiga qarab, ammo boshlang’ich hisob hujjatlari olingan keyingi kundan kechiktirmasdan ayrim hujjatlarga yoki bir xil hujjatlarning bir guruhi asosida tuzadi. Subschotlar korrespondensiyasi memorial orderlarda ikki yoqlama yozuv qoidasiga muvofiq yozib boradi.
  • Memorial orderlar bosh hisobchi (yoki uning o’rinbosari) va ijrochi (hisobchi) tomonidan imzolaydi.
  • «Bosh-jurnal kitobi» o’tgan yildagi yakunlovchi balansga muvofiq yil boshiga qolgan qoldiq summalarni ko’chirib yozish bilan ochadi. Bu daftarga yozuvlar memorial orderlar va memorial order – jamlanma qaydnomalar tuzilgandan keyin oyiga bir marta yozadi.
  • Memorial orderdagi summa dastlab «order bo’yicha summa» qatoriga, keyin esa tegishli subschotlarning debeti va kreditiga yozadi. Barcha Subschotlar bo’yicha oylik aylanmalar summasi debetda ham kreditda ham «order bo’yicha summa» qatorining jamiga teng bo’lishi kerak. Oylik aylanmalardan keyingi ikkinchi qatorda har bir subschot bo’yicha kelgusi oyning boshiga qoldiq chiqaradi.
  • Har bir daftar tashkilotning nomi daftar ochilgan hisobot yili yozib qo’yiladi. Daftarda unga ochilgan subschotlarning mundarijasi bo’lishi kerak. Yozuvlar daftarning boshqa betiga o’tkazilganda shu subschot bo’yicha yozuvning o’tkazilganligi, yangi betlarning raqami ko’rsatilgan holda belgilab qo’yiladi.
  • Moddiy qiymatlar, pul mablag’lari, shuningdek debitorlar va kreditorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar hamda boshqa aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish, shuningdek inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi.
  • Qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda davriy moliyaviy hisobotlarni, shuningdek set, shtat va kontingentlar bo’yicha rejaning bajarilishi to’g’risida chorak va yillik hisobotlarni tuzadi va topshiradilar
  • Har bir hisobot oy tugagandan keyin barcha memorial orderlar, memorial order – jamlanma qaydnomalar ularga tegishli hujjatlar bilan birga raqamiga qarab tartib bilan taxlanishi va kitob qilinishi kerak. hujjatlar uncha ko’p bo’lmagan taqdirda, ularning uch oyligini bitta qilib kitob qilish mumkin. Muqovasiga tashkilotning nomi, kitobning nomi va tartib raqami, hisobot davri – yil va oy, memorial orderning boshlang’ich va oxirgi raqami, kitobdagi varaqlar soni yozib qo’yiladi.
  • Institut bilan bank o’rtasidagi barcha hisob kitoblarni ya’ni har kunlik bank ko’chirmalarini qayd qilish, kunlik to’lov taqdimnomalarini yuritish va g’aznachilik bilan bog’liq to’lov taqdimnomalarini hisob-kitob qilish 294 shaklni yuritib yig’indisini tuzib bosh hisobchiga topshirish.
  • Institut bilan tovar (mahsulot, xizmat) yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarni Moliya vazirligi g’aznachiligiga to’lov grafigini rasmiylashtirgan holda taqdim etadi, g’aznachilik ro’yxatiga olingan shartnomalarga to’lov topshiriqnomasini tayyorlaydi, tuzilgan shartnomalar daftarini yuritadi, so’rovnomalar asosida to’lov topshiriqnomalarini tayyorlaydi va bosh hisobchi tomonidan berilgan boshqa topshiriqlarni bajaradi.

Xodimlar

Employee photo

Baymurodov Shaxob Tolliboyevich

Bosh hisobchi


Kontaktlar

Employee photo

Djuraboyev Komiljon Mamatqulovich

Bosh hisobchi


Kontaktlar

Employee photo

Isayev Inomjon Komiljonovich

Bosh buxgalter o‘rinbosari


Kontaktlar

Employee photo

Tursunboyev Alisher Tillabek o‘g‘li

Buxgalter


Kontaktlar

Employee photo

Xazratkulova Dilnoza Meliyevna

Buxgalter


Kontaktlar

Employee photo

Yusupov Bobir Ixtiyorjon o‘g‘li

1-toifali hisobchi


Kontaktlar

Employee photo

Kamilova Matluba Xashimovna

1-toifali hisobchi


Kontaktlar

Employee photo

Omonliqov Shohrux Oybek o‘g‘li

1-toifali hisobchi


Kontaktlar

Employee photo

Irgashev Ilyar Nomonovich

1-toifali hisobchi


Kontaktlar

Employee photo

Hamidov Soibnazar G‘ulom o‘g‘li

1-toifali hisobchi


Kontaktlar

Employee photo

Turdibayev Solijon Yusub o‘g‘li

Xarid bo‘yicha bosh mutaxassis


Kontaktlar