Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/08/2022
Chop etish
Davlat test markazining xabariga ko‘ra abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.dtm.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

Shuningdek, ruxsatnomani Davlat test markazining quyidagi maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olish imkoniyati mavjud:

@e_dtm_mandatbot

@e_dtm_mandat1bot

@e_dtm_mandat2bot

@e_dtm_mandat3bot

@e_dtm_mandat4bot

Test sinovlari 8-avgustdan boshlanishini inobatga olgan holda abituriyentlardan ruxsatnomalarni 7-avgustga qadar yuklab olishlarini so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Bugungi ma’lumotlarga ko‘ra ayni paytgacha “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olgan abituriyentlar soni 400 000 nafardan oshdi.


Ulashish:
957
Boshqa rubrikalarda mashhur

Inklyuziv yoshlar festivali doirasidagi tanlov va musobaqalar boshlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Inklyuziv yoshlar festivali” doirasida imkoniyati cheklangan talabalar uchun qator tanlov va sport musobaqalari boshlandi.
Fizika va texnologik ta’lim fakultetida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Fizika va texnologik ta’lim fakulteti pedagog xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
“Bitiruvchi–2026” uchrashuvi va “Kelajakka qadam” dasturi bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va maktab ta’limi fakulteti bitiruvchilari uchun “Bitiruvchi – 2026” mavzusida ish beruvchilar bilan uchrashuv va “Kelajakka qadam” dasturi ijrosiga bag‘ishlangan...