Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

DALACHOY (HYPERICUM L.) TURKUMI VAKILLARINING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI

Azimova Dilnoz Ergashevna, Sharipova Mohistara Xamdam qizi,                                                                                          Mardiyeva Sevinch Xusanxon qizi Annotatsiya: Ushbu maqolada dalachoy turkumi vakillarining dorivorlik xususiyatlari, tarkibida mavjud bo‘lgan moddalar, o‘simlikni o‘stirish va undan qanday foydalanish tartibi haqida aytib o‘tilgan. Shuningdek Abu Ali ibn Sino bu o‘simlikdan qanday foydalanganligi, u bilan qaysi kasalliklarga davo topganligi, Respublikamizda tarqalgan turlari haqida ham ma’lumot berilgan. Kalit so‘zlar:  Flavanoid, rutin, kversetin, kversetrin, giperozid, karotin, antotsian.        Аннотация: В данной статье описаны лечебные свойства представителей семейства дальховых, содержащиеся в нем вещества, порядок выращивания растения и способы его применения. Также приводятся сведения о том, как Абу Али ибн Сина использовал это растение, какие болезни он нашел для лечения с его помощью, а также о видах, которые распространены в нашей республике.         Ключевые слова: флаваноид, рутин, кверцетин, кверцетин, гиперозид, каротин, антоцианин.         Annotation: This article describes the medicinal properties of representatives of the Dalachoy family, the substances contained in it, the procedure for growing the plant and how to use it. Also, information about how Abu Ali ibn Sina used this plant, what diseases he found with it, and the types that are spread in our republic are also given.         Key words: Flavanoid, rutin, quercetin, quercetrin, hyperoside, carotene, anthocyanin. Sayyoramizda shifobaxsh o‘simliklarning 10-12 ming turi borligi aniqlangan. 1000 dan ziyod o‘simlik turning kimyoviy, 1000 dan ziyod o‘simliklarning kimyoviy, farmakologik va shifobaxshlik xossalari tekshirilgan. Vatanimizda shifobaxsh o‘simliklarning  700 dan ziyod turi aniqlangan. Shulardan tabiiy sharoitda o‘sadigan va madaniylashtirilgan 120 taga yaqin o‘simlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida ishlatiladi. Hozirgi paytda tibbiyotda foydalaniladigan dori vositalarining 40-47%i o‘simlik xom ashyolaridan tayyorlanadi. Shifobaxsh o‘simliklarning 2 xil tasniflash usuli o‘rganilgan: 1) Ta’sir qiluvchi moddalarning tarkibiga ko‘ra: alkaloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli va boshqa shu kabilar;  2) farmakologik ko‘rsatkichlariga ko‘ra: tinchlantiruvchi, og‘riq qoldiruvchi, uxlatuvchi, yurak qon-tomir tizimiga ta’sir etuvchi hamda markaziy nerv sistemasini qo‘zg‘atuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va shu kabilar. Biz insonlar tabiatdagi ne’matlardan foydalana boshlaganimizdan beri shifobaxsh  giyohlardan xastaliklarni davolashda ishlatib kelyapmiz. Bundan 3-4 ming yil avval Hindiston, Xitoy va Qadimgi Misr davlatlarida dorivor giyohlar to‘g‘risida axborot beruvchi kitoblar yozilgan. Sharqda, shu jumladan O‘rta Osiyoda xalq tabobatida shifobaxsh giyohlardan foydalanib davolash o‘zining tarixiy usullariga ega. Dorivor giyohlar bilan davolash borasida Abu Ali ibn Sino (Avitsenna)ning “Al-qonun fit-tib” kitobida 476 ga yaqin o‘t-o‘simlikning dorivor jihatari va ulardan foydalanish usullari haqidada ma’lumotlar aytib o‘tiladi. Abu Ali ibn Sino (Avitsenna) bobomiz tabiat in‘omi bo‘lgan dorivor giyohlardan har xil kasalliklarni davolashda yuqori darajada ishlatganlar. Muallif o‘z kitoblarida aynan bir giyohning o‘ziga xos xususiyatlarini ma’lum qilish bilan birga, qanday  xastalikka shifo bo‘lishi, undan qay maqsadda ishlatish lozimligi tog‘risida ham ko‘rsatmalar berib o‘tilgan. Foydali shifobaxsh giyohlardan biri bu dalachoy hisoblanadi. Dalachoy – dalachoydoshlar oilasiga kiruvchi yo‘l yoqalari, ariq bo‘ylari, o‘tloqlar, bog‘ va bedazorlar, sug‘oriladigan joylar, tog‘ yonbag‘irlarida o‘sadigan o‘t  yoki yarim butalardan iborat o‘t-o‘simliklar turkumi hisoblanadi. 200ga yaqin turi bor, ko‘pchilik qismi O‘rta dengiz mamlakatlari hududida o‘sadi. Vatanimizda 3 turi mavjud. Ular mahalliy xalq tilida choycho‘p, dalachoy, choyo‘t, qizilpoycha deb yuritiladi.   1-rasm. Hypericum perforatum           2-rasm. Hypericum hidcote.                                            Dalachoy (Hypericum L.) turkumi namunalarining barglari oddiy va yaxlit, ko‘pchilik qismi qarama-qarshi tartibda joylashgan bo‘ladi. Bo‘yi 30-35 sm, ayrim hollarda 1 metrgacha yetadi. Guli  ro‘vaksimon to‘pgulda joylashgan sariq, ikki jinsli, yulduzsimon gullardan tashkil topgan. Kosachabarglari ko‘pchilik qismida yarmigacha qo‘shilgan bo‘ladi. Changchilari ko‘p, bir-biri bilan birikkan. Urug‘chisi bitta, 3-5 uyli hisoblanadi. Ularning mevasi ko‘sakcha meva hisoblanadi. Vatanimizning adir, tog‘li hududlarida dalachoyning Hypericum perforatum turini ko‘plab uchratish mumkin. Iyun va sentabr oylarida gullaydi va urug‘laydi. Dalachoy o‘simligining tarkibida oshlovchi moddalar, flavanoidlar (rutin, giperozid, kvertsetin, kvertsetrin va shu kabilar), karotin moddasi, smola, qand, har xil bo‘yoqlar, efir moylari va S  vitamini bor. Dalachoy yetishtiriladigan joylarda ko‘chatlar to‘liq saqlansa, vaqtida oziqlantirish, sug‘orish va parazit o‘simliklardan tozalash ishlari olib borilsa,  har bir gektar joydan 3-4 tonna shifobaxsh xomashyo, shu bilan birga o‘simlikning 500-600 kg urug‘lari yig‘ib olinadi. Dalachoy turkumi vakillari gullash vaqtida yerustki qismidan 15-20 sm uzunlikda poyalari qirqib olinadi va quyosh nuri tushmaydigan joylarda quritiladi. Keyin yanchib g‘alvirdan o‘taniladi. Xalq tabobatida dalachoy o‘simligining damlamasi buyrak va qovuq, me’da-ichak kasalliklari va qon aralash ich ketganda ishlatiladi, bundan tashqari bu o‘simlikdan tayyorlangan damlama antidepressant ta’sirga ega ya’ni markaziy asab tizimini tinchlantirish, stress holatlarini yaxshilash va shu kabi ta’sirlarga ega.    Dalachoy o‘simlik turlarining yerustki qismida uchraydigan moddalar
Moddalar % hisobida
1. Oshlovchi moddalar 10-12%
2. Efir moylari 0.22%
3. Karotin 15 mg %
4. Vitamin C 240 mg %
5. Flavonlar (kversetin, kversetrin, giperozid va rutin) 0.9-2%
6. Antotsian 5.6%
  Abu Ali ibn Sino dalachoy o‘simligidan siydik haydovchi va og‘riq qoldiruvchi preparat sifatida va shu bilan bir qatorda turli yaralarni tuzatishda foydalangan. Xulosa qilib aytganda,  dalachoy (Hypericum L.) turkumi vakillarining dorivor xususiyatlarini e’tiborga olgan holda bu o‘simlikdan foydalanishni yanada kengroq yo‘lga qo‘yishni keng targ‘ib qilish kerak. Jizzax viloyatida turkumning yana qanday vakillari borligi va ularda o‘rganilmagan dorivor xususiyatlarni chuqurroq o‘rganish zarur. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
  1. Akopov I.E “Eng muhim mahalliy dorivor o‘simliklar va ulardan oqilona foydalanish” Toshkent: Tibbiyot-1986.
  2. Xolmatov X.X., Ahmedov O‘. A. , Musayeva N.A. “Farmakognoziya va botanika asoslari” Toshkent-2017 (263-264-betlar)
  3. Tursunboyeva G., Komilova Sh. “ Botanika asoslari” Toshkent-2009
  4. Berdiyev E.T., Hakimova M.X., Maxmudova G.B. “O‘rmon dorivor o‘simliklari” Toshkent-2016 ( 218-bet).